O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“BIOLOGIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
“TASDIQLAYMAN”
Nizomiy nomli TDPU
Tabiyot fanlari farul’teti
_____dekani E.R.Yuzlikaeva
“____”__________________
“BIOLOGIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASIDA O`QITILADIGAN FANLAR BO’YICHA
2014 – 2015 O`QUV YILI UCHUN MUSTAQIL TA`LIMNI BAHOLASH MEZONLARI TAVSIYALAR VA MAVZULAR
TOSHKENT – 2014
MUSTAQIL TA`LIMGA AJRATILGAN REYTING BALI VA BAHOLASH MEZONI
Fanlardan ajratilgan mustaqil ta`lim soatlarining bajarilishi 10 ball kesimida baholanadi. Uning mezonlari quyidagicha:
9 – 10 ball – talaba fandan mustaqil o`rganish uchun ajratilgan mavzular bo`yicha ma`lumotlar yozma holatda to`liq yoritilgan bo`lsa, olingan manbalar ko`rsatilgan bo`lsa, global internet ma`lumotlaridan foydalangan bo`lsa, talaba to`plagan materiallarni to`liq o`zlashtirgan bo`lib, so`zlab bera olsa, mavzu bo`yicha o`z fikr – mulohazalarga ega bo`lsa mustaqil ta`limi a`lo baholanadi.
7 – 8 ball – talaba fandan mustaqil o`rganish uchun ajratilgan mavzular bo`yicha ma`lumotlar yozma holatda yoritilgan bo`lsa, olingan manbalar ko`rsatilgan bo`lsa, talaba to`plagan materiallarni o`zlashtirgan bo`lib, so`zlab bera olsa, mavzu bo`yicha taliliy mulohazalarga ega bo`lmasa mustaqil ta`limi yaxshi baholanadi:
5 – 6 ball – talaba fandan mustaqil o`rganish uchun ajratilgan mavzular bo`yicha ma`lumotlar yozma holatda to`liqsiz yoritilgan bo`lsa, olingan manbalar ko`rsatilmagan bo`lsa, talaba to`plagan materiallarni to`liqsiz o`zlashtirgan bo`lib, so`zlab berishda qiynalsa, mavzu bo`yicha taxliliy muloxazalarga ega bo`lmasa mustaqil ta`limi qoniqarli baholanadi.
2 – 4 ball – talaba fandan mustaqil o`rganish uchun ajratilgan mavzular bo`yicha ma`lumotlar yozma holatda qisman yoritilgan bo`lsa, olingan manbalar ko`rsatilmagan bo`lsa, talaba to`plagan materiallarni o`zlashtirmagan bo`lib, so`zlab bera olmasa, mavzu bo`yicha taxliliy muloxazalarga ega bo`lmasa mustaqil ta`limi qoniqarsiz baholanadi.
0 – 1 ball – talaba fan yuzasidan mustaqil o`rganish uchun ajratilgan soat haqida qisman ma`lumotga ega bo`lsa va vazifalarni bajarmagan bo`lsa qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |