BIOLOGIYANI O’QITISHDA INNOVASION TEXNOLOGIYALAR
Biologiyani o’qitishda pedagogic texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha talabalarning mustaqil ishini tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlari va bo‘lg‘usi talabalarning metodik tayyorgarligini amalga oshirishda tutgan o‘rnini hisobga olgan holda mustaqil ishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun biologiyadan tuzilgan DTS, o‘quv dasturi, darsliklar va metodik qo‘llanmalarni o‘rganish va ular o‘rtasidagi uzviylikni tahlil etish;
Universitet portali va tarqatma materiallar asosida muayyan nazariy masalalarni mustaqil o‘rganish va ma’ruza tayyorlash;
Biologiyadan yaratilgan elektron darsliklarni o‘rganish va biologiya darslarida foydalanish bo‘yicha dars ishlanmalarini loyihalash;
Biologiya darslarida foydalaniladigan slaydlar tayyorlash;
Biologiya o‘qitish metodikasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan anjumanlar uchun ma’ruza va taqdimot materiallari tayyorlash;
Biologiya o‘qitish metodikasining xususiy masalalarini metodik qo‘llanmalar orqali o‘rganish va ma’ruzalar tayyorlash;
Biologiya o‘qitish metodikasi fanidan quyidagi mavzular mustaqil ish sifatida tavsiya etiladi:
Botanika o‘qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan,
"Gul", "Meva va urug‘lar" mavzusini o‘rganish metodikasini ishlab chiqish;
Zoologiya o‘qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, Yassi, yumaloq, halqali chuvalchanglar tipini o‘rganish metodikasi.
Odam va uning salomatligi o‘qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, "Tayanch-harakatlanish sistemasi" mavzusini o‘rganish metodikasi. Darslar tizimi.
Biologiya (Sitologiya va genetika asoslari) o‘qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, "Sitologiya asoslari" mavzusini o‘rganishda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish usuli.
Biologiya (Evolyutsiya va ekologiya asoslari) o‘qitish metodikasi xususiy masalalari: jumladan, "Ekologiya asoslari" mavzusini o‘rganish metodikasi. Darslar tizimi.
Kafedra mudiri: G.A.Shaxmurova
Do'stlaringiz bilan baham: |