2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e'tiborni qaratdi, ya'ni har bir fuqaro
Download 122.5 Kb.
|
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim sohasida
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e'tiborni qaratdi, ya'ni har bir fuqaro:
- o‘z haq-huququni taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin; - o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin; - atrofida sodir bulayotgan vokea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; - shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un xolda ko‘rib, faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘lik ta'rifdir. XIII asrda yashagan Nasafiyning «Insoni komil» nomli risolasida komil insonga ta'rif berib shunday yozadi: «Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolatga yetgan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi fe'l, yaxshi ahloq va maorif». O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 2014 yil 5 dekabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Konstitutsiyamizning 22 yilligi bilan qilgan ma'ruzalarida 2015 yilni «Keksalarni e'zozlash yili» deb atash tavsiyasini bildirdilar. Prezidentimiz o‘tgan davr yutuqlari haqida quyidagicha so‘z yuritdilar. Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizning asosiy qoidalari, tamoyil va maqsadlari mamlakatimizda yaratilgan va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan mukammal qonunchilik va huquqiy bazaning, butun dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom qozongan jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va erkinlashtirish, tarkibiy tub o‘zgarishlar va mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta o‘ylangan uzoq muddatli dasturning asosini tashkil etishini alohida ta'kidladi. Bundan 22 yil avval demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan Asosiy qonunimiz mamlakatimizda yangi jamiyatning huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi. Mamlakatimiz istiqlolning dastlabki yillaridanoq belgilab olgan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, odil fuqarolik jamiyati barpo etish kabi ulug‘vor maqsadlarga erishishda Konstitutsiyamiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan betimsol yutuqlar, tinch-osoyishta, to‘kin va farovon hayotimiz, navqiron avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish – bularning barchasi negizida Konstitutsiyamiz turibdi. Zero, Asosiy qonunimiz demokratik huquqiy davlat barpo etish, inson huquqlari ustuvorligini, tinchlik-osoyishtalikni ta'minlashdek ulkan maqsadlarga erishishning muhim kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining yana bir muhim jihati, shu kuni xalqimizning ezgu intilishlarini ifoda etadigan, jamiyatimiz rivojiga xizmat qiladigan eng ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi va kelgusi yilga shunga muvofiq nom beriladi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014 yil mamlakatimizda Sog‘lom bola yili deb e'lon qilingan edi. Bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturi asosida jismonan sog‘lom, ma'nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yil davomida «Sog‘lom bola – avvalo, sog‘lom va ahil oilaning mevasidir» degan hayotiy hikmat asosida ulkan ishlar bajarildi. Davlatimiz rahbari ushbu dasturda belgilangan tadbirlar yurtimizning barcha hududlarini qamrab olib, sog‘lom avlodni tarbiyalashdek ezgu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarishda davlat va nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy tuzilmalar, ishlab chiqarish korxonalari, biznes vakillari o‘z kuch va imkoniyatlari bilan faol qatnashgani bu g‘oyaning chindan ham umumxalq harakatiga aylanganining yaqqol namoyoni bo‘lganini ta'kidladi. 2015 yil 15 yanvardagi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida 2014 yilda ta'lim sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirar ekanlar, jumladan shunday deganlar «Ta'lim sohasida o‘quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirildi. O‘tgan yili hammasi bo‘lib 540 dan ziyod ob'ekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflandi. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta'lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta'minlash uchun ajratildi» Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling