2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд
Download 122.5 Kb.
|
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat uchun qanday kishilar zurur
- Barkamol inson qanday inson
Hamkorlik masalasi
Ta'lim muassasalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha me'yoriy xujjatlari mazmuni 1. Barkamol inson tushunchasi Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma'no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o‘zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an'analarimizga ko‘ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o‘rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko‘rsatish borasidagi harakatlarida ko‘zga ko‘rinadi. Komillik darajasini har kim o‘zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o‘zidan ko‘ra boshqalarga yaxshiroq ma'lum bo‘ladi. Barkamol inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo‘lgan inson. Chunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo‘ladi. Barkamol inson o‘z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g‘oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko‘r – ko‘rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo‘ladi. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibotning o‘rni va roli, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yoshlarni ommaviy sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, ko‘rik-tanlovlar, festivallar o‘tkazish, voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish lozim. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasalarining hamkorligini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda samarali joriy etish, o‘quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini muvofiqlashtirish, shuningdek, bunda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Ayni chog‘da o‘sib kelayotgan avlodga ta'lim-tarbiya berish, uning sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonun hujjatlari normalarining ijro etilishini ta'minlash, bu borada ota-onalar mas'uliyatini oshirish, oila institutining ta'lim muassasalari bilan amaliy hamkorligi mexanizmini kuchaytirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilishi lozim. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridanoq jismonan sog‘lom, ma'naviy yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston bozor munosabatlariga to‘la o‘tayotgan davrda ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o‘sib boramoqda. Shu o‘rinda kun tartibidagi dolzarb masala – ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash. Bu borada yurtboshimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz» nomli ma'ruzalarida quyidagi fikrlarni aytib o‘tganlar «Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirishdir. Ya'ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat». Davlat uchun qanday kishilar zurur? Yuksak ma'naviyatli va ahlok-odobli, iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshok ma'naviyat, ma'naviy-ahloqiy sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning kuzini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida ko‘zlangan maqsadga erisha olmaydilar. Barkamol inson qanday inson? Komillik har bir shaxsning o‘zidan ko‘ra boshqalarga yaxshiroq ma'lum bo‘ladi. Barkamol inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo‘lgan inson. Chunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo‘ladi. Barkamol inson o‘z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g‘oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko‘r-ko‘rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo‘ladi. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling