2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд


Oila, mahalla, ta'lim muassasalarining ta'lim-tarbiyadagi o‘rni


Download 122.5 Kb.
bet4/11
Sana12.11.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1767809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»

Oila, mahalla, ta'lim muassasalarining ta'lim-tarbiyadagi o‘rni.



«Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda» Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasidan

Oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir”


Oilani ta'lim tarbiyadagi o‘rni qonunlarning qay birida aks etgan?
Ta'lim to‘g‘risidagi Qonunning 30-moddasida jumladan shunday deyilgan: “Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar”.
Oila haqida gapiradigan bo‘lsak, Davlatimiz konstitutsiyasining 14-bobida (63-66-moddalar) oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgan. Jumladan, «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega» deb belgilab qo‘yilgan.
Prezidentimizning “2012 yil – Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi 1717-son Qarorida “......jismonan sog‘lom, ma'naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta'lim hamda tarbiya muassasalari bilan o‘zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta'minlash” vazifasi yilning asosiy vazifalari qatoridan joy olgan
2013 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Ma'mumiy javobgarlik to‘g‘risida” gi kodeksning tegishli moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga binoat voyaga yetmagan bolalarning tarbiyasiga beetibor, ularning ta'lim olishlariga to‘sqinlik qiluvchi ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan.
Oilada nima shaklllanadi?
Ma'lumki tarbiya avvalambor oiladan boshlanadi, bolalarga beriladigan dastlabki ma'naviy-axloqiy va huquqiy tushuncha, tasavvur va malakalar ota-onaning savod­xonligi darajasiga bog‘liq. Ayniqsa, bolalar ongiga ma'naviyat, mafkura, axloq, tibbiy madaniyat, burch, huquq tushuncha­larini singdirish ota-onadan ma'lum bilim va ko‘nikmani talab etadi. Bu borada oilaning va­zifalari sog‘lom muhitni yara­tish, huquqiy tarbiyani yaxshi­lash, farzandlarga chuqur dunyo­viy bilim asoslarini berish, ularning ma'rifatli va ma'naviyatli kishilar bo‘lib yetishishlarini ta'minlash, bozor munosabatlariga mos bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatishdir.
Shuningdek, oilada bolani mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash, ulardagi iste'dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish ham o‘ta muhim sanaladi. Buning uchun yuqorida aytganimizdek ota-onalarning o‘zlari ham bu tushunchalardan xabardor bo‘lishlari kerak.
Bolaning dunyoqarashini shakllanishida avvalo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‘liq. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan maqoli bor. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlar natijasida shu narsa ma'lum bo‘ldiki, odam umri davomida oladigan barcha ma'lumotlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Demak, har qaysi millatning o‘ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta'siri benihoya katta hisoblanadi.
«Sog‘lom bola – avvalo sog‘lom va ahil oilaning mevasidir. Biz oilani hayot davomiyligini ta'minlaydigan, kelajak nasllar taqdiriga kuchli ta'sir ko‘rsatadigan tarbiya maskani sifatida qabul qilamiz. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, odamiylik, mehr-oqibat, o‘z Vataniga, xalqiga sadoqatli bo‘lish kabi olijanob fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi» Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasidan



Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling