2016 йил oолатига мамлакатимизда нечта мтм мавжуд
Ta'lim muassasalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirishning me'yoriy hujjatlari
Download 122.5 Kb.
|
«Talim-tarbiya samaradorligini taminlashda talim muassasalari va jamoatchilik hamkorligi masalalari»
4. Ta'lim muassasalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirishning me'yoriy hujjatlari
Ta'lim muassasalarida hamkorlik ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan me'yoriy hujjatlarga murojaat qilsak, ular quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Ta'lim muassasalari sinf rahbari to‘g‘risidagi nizom(O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2007 yil 20 yanvardagi 19-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan); Ota-onalar qo‘mitasini tashkil etish Nizomi (O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2003 yil 6 martdagi 36-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan); O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni; Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi; «Ota-onalar universiteti»ni tashkil etish Nizomi (O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2005 yil 22 oktyabrdagi 262-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan); 2008 yil “Yoshlar yili” Davlat dasturining 40-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan quyidagi qo‘shma buyruqni ya'ni, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oqsoqollar kengashi va “Mahalla” xayriya jamg‘armasining “Umumta'lim maktablarida “Oila, mahalla va maktab hamkorligi markazlari”ni tashkil etish haqidagi qo‘shma buyrug‘i”; «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzuidagi xalqaro konferensiya hujjatlari; 2012 yil 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-son qarori. 2012 yil 22 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 175-son qarori ijrosi to‘g‘risidagi 195-son buyrug‘i. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligi Konsepsiyasi (O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2012 yil 22 iyundagi 195-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan); Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashining NIZOMI Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling