2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

ko`rsatkichlari (kishi) 
№ 
Shahar 
va 
tumanlar nomi 
Mehnar 
resursalari 
soni ming 
kishi 
Iqtisodiy 
faol aholi 
soni ming 
kishi 
Band 
aholi 
soni 
ming 
kishi 
Ishlayotga
n o’smrlar 
soni kishi 
Ishlayotgan 
pensionerlar 
soni kishi 
Ishga 
muhtojalr 
(ishsizlar) 
ming kishi 
Ishsizl
ik 
daraja
si% 
Viloyat 
ko’rsatkichi: 
1065,4 
872,4 
825,3 
1979 
4321 
47,1 
5,4 
shaharlar:

Buxoro 
162,1 
133,4 
126,2 
415 
1553 
7,7 
5,8 

Kogon 
43,1 
34,8 
33,1 
65 
251 
1,7 
4,9 
tumanlar:

Buxoro 
87,7 
71 
67,4 
150 
310 
4,1 
5,8 

Vobkent 
75,7 
61 
57,8 
152 
183 
3,0 
4,9 

Jondor 
89,9 
74,9 
71,5 
120 
213 
4,1 
5,5 

Kogon 
45,4 
36 
35,2 
153 
181 
1,5 
4,2 

Olot 
54,1 
42,1 
39,1 
108 
134 
2,5 
5,9 

Peshko’ 
64,8 
53,2 
50,1 
153 
125 
2,9 
5,5 

Romitan 
80,6 
66,9 
62,0 
123 
216 
3,7 
5,5 


Manba : Buxoro viloyati pasporti. Buxoro 2017 – yil 
 
 
2.2 Buxoro viloyatida tadbirkorlik va biznes faoliyatiga tayyorlash kurslari
faoliyati tahlili. 
Respublikаmizda tadbirkorlik sohаsiga endi kirib kelаyotgan yoshlаr, 
korxonа rahbаrlаri vа ishlаb chiqаrish xodimlаriga tаdbirkorlik faoliyatigа oid 
zаrur bilimlаrni berish, ulаrning biznes-rejаlarni ishlаb chiqish, tаdbirkorlik 
sohаsidagi qonunchilik, menejment yo‘nalishlaridаgi mаlаkasini oshirishgа аlohida 
e’tibor qarаtilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PQ-2897- sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik 
faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil qilingan. Mаrkaz respublikа 
miqyosidа kаsb-hunar kollejlari doirаsida mashg‘ulotlardаn bo‘sh paytlаrda 
biznesni yuritish аsoslari, biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati 
sohаsidagi qonunchilik, menedjment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zаrur 
yo‘nаlishlar bo‘yichа o‘quv kurslаrini tashkil etаdi. 
Markaz tomonidаn tаdbirkorlarga ko’mаklаshish mаqsadidа investitsiyа va 
ishlab chiqarish jаrаyonlarini tаshkil etish bo‘yichа аmаliy ko‘nikmаlаrni 
o‘zlаshtirish, tadbirkorlik fаoliyatini amаlga oshirish bilan bog‘liq zarur 
ma’lumotlаrni olishda, shuningdek, investitsiya jarayonini amalga oshirishning 
barcha bosqichlarida tadbirkorlarga hamkorlik qilish, xodimlarni tanlash va 
o‘qitishda, ularning kasbiy mаlаkasini doimiy oshirib borishda tadbirkorlarga 
yordаm ko‘rsatish amаlga oshiriladi. 
O‘quv kurslarini tashkil qilish mаqsаdida markaz tomonidan oliy ta’lim 
muassasаlari, kаsb-hunаr kollejlari o‘qituvchilari, vаzirliklar va idorаlаr 
mutaxаssislаri, respublikаmizda ishlаyotgan kаttа muvаffaqiyatlargа erishgаn 
tadbirkorlаr va xorijiy mutaxаssislаr jаlb etilgаn. Shuningdek o’quv kurslаri bаrchа 
tаdbirkorlаr uchun bepul! 
10 
Shofirkon 
94,1 
74,1 
69,3 
198 
258 
4,5 
6,1 
11 
Qorako’l 
89,6 
78,5 
74,8 
115 
291 
3,6 
4,6 
12 
Qorovulbozor 
15,4 
14,8 
14,5 

55 
0,4 
2,7 
13 
G’ijduvon 
162,9 
131,7 
124,2 
219 
551 
7,4 
5,6 


Ushbu markazning faoliyatini Buxoro viloyati filiali misolida qaraydigan 
bo’lsak, markaz tomonidan Savdo – sanoat palatasi yordamida Buxoro shahri va 
tumanlarda qator tadbirkorlik kurslari yo’lga qo’yilgan. O‘quv kursini tashkil etish 
viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan hamda, Davlat raqobat qo‘mitasi Buxoro 
viloyat hududiy boshqarmasi, Buxoro viloyat O‘rta-maxsus, kasb hunar ta’limi 
boshqarmasi bilan kelishilgan xolda o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish
kalendar rejasi asosida tashkil etilgan. 
O‘quv kursining maqsadi Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 
tadbirkorlarning biznesni yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, 
tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va 
boshqa zarur fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdir 
Jumladan, shu munosabat bilan Davlat raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyat 
hududiy boshqarmasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy 
boshqarmasi bilan hamkorlikda xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni 
amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun Peshko‘ tuman “Qishloq xo‘jaligi” kasb-
hunar kolleji binosida 09.04.2018y. dan 13.04.2018y. gacha o‘tkazilgan o’quv 
kursini tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu o’quv kursini o’tkazish 5 kun davom etib, 
o‘quv mashg‘ulotlarning umumiy davomiyligi 22 akademik soatni tashkil etgan. 
O‘quv kursida ishtirok etgan tinglovchilarning umumiy soni 14 tani tashkil etadi. 
O‘quv kursining birinchi kuni (09.04.2018 yil) Peshko‘ tumani “yagona 
darcha” markazi direktori Baqoyev Farxod tomonidan “tadbirkorlikning 
qonunchilik asoslari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni 
olish”, “kommunikatsiyalarga ulanish” mavzularida o‘tkazildi. O’quv mashg’uloti 
tinglovchilar bilan savol javob tariqasida o’tkazildi.
O‘quv kursining ikkinchi kunida (10.04.2018 yil) Turon bank viloyat filiali 
mutaxassisi Elov To‘lqin tomonidan “biznes-rejani ishlab chiqish”, “bankda milliy 
va xorijiy valyutadagi xisobvaraq ochish, kredit olish shartlari va tartibi” 
mavzularida ma`ruzalar o‘tildi.
O‘quv kursining uchinchi kunida (11.04.2018 yil) birinchi o’quv mashg’uloti 
Peshko‘ tuman soliq inspeksiyasi Kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i Navro‘zov 


Umar tomonidan “buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy xisobot” mavzusida 
o’tkazilgan va mа’ruzachi o‘quv mаshg‘uloti davomida tinglovchilar tomonidan 
berilgan savollarga javoblar berib bordi va ularga yo’l yo’riq ko’rsatdi. Kunning 
ikkinchi o‘quv mashg‘uloti “Soliqlar va majburiy to‘lovlar, bojxona bojlari va 
to‘lovlari, ular buyicha imtiyozlar” mavzusida viloyat bojxona boshqarmasi BNTE 
bo‘limi boshlig‘i inspektori Kаmolov Hamidjon tomonidаn o‘tildi. Ma’ruzachi 
o‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar 
berib bordi.
O‘quv kursining to‘rtinchi kunida (12.04.2018 yil) birinchi o’quv mashg’uloti
Peshko‘ tuman savdo-sanoat palatasi tashkiliy masalalar bo‘yicha mutaxassis 
Xoliqov Afzal tomonidan “Tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo’yicha biznesni tashkil 
etish asoslari” mavzusida, ikkinchi o’quv mashg’uloti esa Peshko‘ tumanida 
joylashgan 
“Avtotexxizmat” X.K rahbari Zayniyev Sarvar tomonidan 
“Muvaffaqiyatli tadbirkor tomonidan biznesni tashkil etish va rivojlantirish 
tajribasi haqida master-klass va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonaga 
tashrif” mavzusida bo’lib, qatnashuvchilar Peshko‘ tumanida joylashgan 
“Avtotexxizmat” xususiy korxonasiga tashrif buyurishdi va muvaffaqiyatli 
tadbirkor master-klass davomida tinglovchilarga qurilish sohasidagi biznes yuritish 
hamda tadbirkorlik faoliyatini daslabki tashkil etish tajribalari to‘g‘risida gapirib 
o‘tdi va o‘z maslahatlarini berdi. 
O‘quv kursining so’nggi kuni (13.04.2018 yil) Buxoro viloyati Bandlik bosh 
boshqarmasi xodimlari Miyrakov Otabek Oybekovich, Latipova Mushtari 
Sulaymanovna, Nurmatov Baxtiyor Bafoyevich tomonidan “Mehnat qonunchiligi, 
kadrlarni tanlash va o‘qitish” mavzusida dars o’tildi. Bundan tashqari Davlat 
bojxona qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi katta inspektori Kamolov 
Hamidjon yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish tartibi 
bo’yicha ma’ruza o’tdi. Kun yakunida o‘quv kursida intizomli va vijdonan ishtirok 
etgan barcha tinglochilarga tadbirkolik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika 
markazi, Buxoro filiali boshlig‘i R.Naimov va mutaxasis J.Jumayev tomonidan 


sertifikatlar topshirildi. Tinglovchilar o‘quv kursi tashkilotchilariga o‘z 
minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
O‘quv kursi yakunida quyidagi natijalarga erishildi:
 Buxoro tumanidagi xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida 
loyihalarni amalga oshirayotgan 14ta tadbirkorlar o‘qitildi;
ularning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, yo‘nalishlari bo‘yicha biznesni 
tashkil etish borasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi; 
 tadbirkorlarning ro‘yxatdan o‘tish, biznes rejalar ishlab chiqish, 
kommunikatsiyalarga ulanish kabi muammolari o‘rganildi va ularni yechish 
bo‘yicha mutasaddi korxona, boshqarma mutaxassislarini jalb qilgan holda 
ushbu ishlarni amalga oshirish usullarini tushuntirish va kerakli ko‘rsatmalar 
berish kabi ishlar amalga oshirildi;
 Peshko‘ tumanidagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan tadbirkorlikni yo‘lga 
qo‘yish va rivojlantirish borasida o‘zaro tajribalar almashinildi, ular bilan 
o‘zaro hamkorlik aloqalar o‘rnatildi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling