2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi Markaz moddiy-texnika 
bazasining asosini tashkil etadigan mol-mulkni Markazga biriktiradi. 
15. Markazni moliyaviy ta’minlanish manbalari quyidagilar hisoblanadi: 
davlat byudjeti mablag‘lari; 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Xususiylashtirilgan 
korxonalarga qo‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan 
mablag‘lar; 
tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil qilish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishdan 
tushadigan mablag‘lar; 
Respublika hamda xalqaro moliya va donor tashkilotlarning grantlari; 
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
16. Markaz mustaqil ravishda: 
ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun to‘lov tariflari va narxlarini belgilaydi; 
ta’lim jarayonidan olingan hamda jismoniy va yuridik shaxslardan olgan mablag‘larini 
o‘quv va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, mehnatga haq to‘lash, moddiy 
rag‘batlantirish va mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga sarf qiladi. 
VI. MARKAZNING TASHKILIY TUZILMASI 


17. Markaz faoliyatiga joriy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat 
qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadigan direktor amalga oshiradi. 
18. Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida hamda Andijon, 
Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Urganch va 
Farg‘ona shaharlarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy filiallariga 
(keyingi o‘rinlarda Markaz hududiy filiallari deb ataladi) egadir. 
19. Markaz hududiy filiallari va ularning rahbarlari o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Markaz direktori 
tomonidan tasdiqlangan Nizomlar asosida yuritadilar. Markaz hududiy filiali boshliq va 
bitta o‘quv-uslubiy qism mutaxassisidan iborat. 
20. Markaz hududiy filiallarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish 
to‘g‘risidagi qarorlarni Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi 
bilan kelishilgan holda qabul qilish huquqiga egadir. 
21. Markazning doimiy faoliyat yuritadigan o‘quv kurslarini tashkil etish 
borasidagi faoliyatiga samarali joriy rahbarlikni amalga oshirish maqsadida Markazning 
O‘quv-uslubiy kengashi tashkil etiladi. O‘quv-uslubiy kengash tarkibiga direktor, uning 
o‘rinbosari, Markaz bo‘limlari boshliqlari kiradi. Markaz O‘quv-uslubiy kengashining 
huquq va majburiyatlari Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan O‘quv-uslubiy 
kengash to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. 
22. Markaz direktori: 
- mazkur Nizomga binoan Markaz faoliyatiga taalluqli barcha joriy masalalarni mustaqil 
ravishda hal etadi; 
- ishonchnomasiz Markaz nomidan harakat qiladi, uning manfaatlarini O‘zbekiston 
Respublikasining barcha davlat organlarida, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona 
va tashkilotlarida, shu jumladan xorijiy davlatlarda, ifodalaydi; 
- Markaz faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, 
xo‘jalik va boshqa masalalarini hal etadi
- Markazning o‘quv rejalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa ichki me’yoriy 
hujjatlarini tasdiqlaydi va o‘quv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlashni amalga oshiradi; 
- Markaz pedagog va boshqa xodimlarining faoliyatini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi 
va nazorat qiladi; 


- ishga qabul qiladi va xodimlarni joy-joyiga qo‘yadi, xodimlarning xizmat va lavozim 
vazifalarini aniqlaydi, ularning kasbiy mahoratlarini oshirish uchun sharoitlar yaratadi; 
o‘quv jadvallarini, pedagoglarning ish jadvallari va yuklamalarini, Markaz 
xodimlarining ta’tillar jadvallarini tasdiqlaydi; 
- shartnomalar (kontraktlar), bitimlar, kelishuvlar tuzadi; 
- ishonchnomalar beradi; 
- Markaz xodimlari va Markaz hududiy filiallari rahbarlari va xodimlari tomonidan 
bajarilishi majbur bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa ichki hujjatlar chiqaradi; 
- buyruq bilan Markaz hududiy filiallari rahbarlarini tayinlaydi, o‘qituvchilar tarkibi 
bilan va shtatdagi xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi, o‘zini ijobiy tomondan 
ko‘rsatganlarni rag‘batlantiradi, mukofotlaydi, va qonunchilikda belgilangan holat va 
tartibda jazolar qo‘llaydi; 
- Markazning O‘quv-uslubiy kengashiga boshchilik qiladi; 
- Markazga tegishli bo‘lgan mol-mulk va pul mablag‘laridan belgilangan tartibda 
foydalanadi; 
- daromadlar va xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, Markaz xodimlari 
mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning tartibi va miqdorini 
belgilaydi; Markaz faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi va 
hal etadi; mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun 
moliyaviy va moddiy vositalarning qo‘shimcha manbalarini, shu jumladan, bank 
kreditlarini jalb etilishini ta’minlaydi; o‘quv-moddiy bazasi hisob-kitobi yuritilishini, 
saqlanishini va to‘ldirilishini, hujjatlarning hisob-kitobi va saqlanishini ta’minlaydi; 
devonxona ishi yuritilishini, buxgalterlik hisobi va statistika hisobotlari yuritilishini 
tashkillashtiradi. 
23. Direktor quyidagilar uchun javobgardir: 
tinglovchilarni o‘qitishning sifatini ta’minlanishi; 
Markaz tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishi; 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan Markazga biriktirilgan 
mol-mulkdan samarali foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlanishi. 
VII. MARKAZNING QAYTA TASHKIL ETILISHI VA TUTATILISHI 
24. Markazning qayta tashkil etilishi va tugatilishi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida belgilangan holat va tartiblarda amalga oshiriladi. 




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling