2018 yil bitiruv malakaviy ishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
Keysning muammolari:
Otaning maqsadi nimaga xizmat qiladi va uning bu vasiyatini qanday asoslab berish mumkin? Vazifalar: 1. Oilaviy biznesni tiklash va bankrotlik holatidan chiqarish ketma-ketligini bajarish; 2. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘llarini aniqlash; 3. Ichki raqobatning tadbirkorlik faoliyatiga o‘zaro aloqadorligi va ta’sirlarini o‘rganish; 4. Aka-ukalar sof raqobat sharoitida biznesni muqobil strategyasini aniqlash; Yechim ketma-ketligi – Oilaviy tadbirkorlikning vasiyatdan keyingi holatini yoritish; – Bankrotlik holatidan chiqish va o‘zaro yordam strategyasini aniqlash; – Barqaror muvozanatga ta’sir etuvchi omillarni bilish; – Har xil sharoitlarda biznes faoliyatidagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish. Amaliy vaziyatni tahlil qilish uchun metodik ko‘rsatma Keysni o‘qish jarayonida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang. Berilgan vaziyat bilan tanishing. Vaziyatga ta’rif berishga harakat qiling. Vaziyatni tahlili uchun axborot manbalari bilan ta’minlanganlikni aniqlang. Berilgan ma’lumotlarni oydinlashtiring. malumotlarning muhim hususiyatlarini, miqdor va sifat tomonlarini belgilang. Ularga asosan haqiqatda bo‘lgan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatini aniqlang hamda ularni taqqoslang. Vaziyatni tahlil qilish jarayonida muammo qanday darajada yechilishini belgilang. Uni yechish mumkinmi?, Qanday natijaga erishish mumkin? Muammoni yechish jarayonida bo‘ladigan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyin holatlarni ko‘rsating Vaziyatning yechimini hal qiling. Berilgan xulosalarni salbiy va ijobiy tomonlarini ko‘rsating va baholang. Eng yaxshi variantni tanlang. KEYSOLOGNING JAVOB VARIANTI: 1. Ota hayotlik vaqtida farzandalarini o‘zing biznesini yo‘lga qo‘yib olishlarini va bir-birlariga yordam berishlarini vasiyat qilgan. 2. Bobur ishni boshlashidan oldin restoran biznesiga oid davlat oldidagi huquq va majburiyatlarni bilishi lozim. Undan so‘ng restoranni ishga tushirishi uchun ukalari bilin maslahatlashib restoranni yangidan ta’mirlab yuqori malakali kulinarlar va xizmatchilani yollab yangi turdagi sifatli hizmatlarni mijozlarga taklif qilishi lozim. 3. Sardor kafeni ishga tushirish uchun eng avvolo akasi Boburdan kafe biznesi bo‘yicha muhim maslahatlarni olishi lozim va erkin raqobat sharoitida biznesini saqlab qolishi uchun kafe biznesida marketing izlanishlarni olib, hali bu sohada qilinmagan noodatiy yondashish yani kafening tashqi va ichki ko‘rinishiga yangicha dizaynerlik va yangi sifatli mijozni saqlab hizmatlarini yangilab borishi muhimdir. 4. Eldorjonga otasining vasiyatini eslasangiz, Eldorjonni akalariga qaraganda biznesda tajribasi nazarda tutilgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, u yuritayotgan soha akalarining sohalaridan tubdan farq qiladi. Parrandachilik firmasining yanada rivojlanishi uchun u quyidagi strategiya asosida ish olib borishi lozim. Parrandachilik biznesida yuqori natijaga erishgan tadbirkorlar faoliyatini yaxshi va sinchkovlik bilin o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki ularning tajribasi Eldorjonning biznesini rivojlanishidagi asosyiy omillardan biridir. Parradalarini yetishtirishning yangi usullarni qo‘llashi va akalari bilan hamkorlikda ishlashi uning biznesi garovidir Yakuniy xulosa - Otaning vasiyatini bajarish uchun aka-ukalar hamjihatlik va hamkorlikda ular yuritayotgan biznes sohalaridagi ohirgi yangiliklaradan samarali foydalanishlari biznesning rivojlanishidagi asosiy omil ekanligini his qilib ishni yuritishlari ular faoliyatlarining istiqbolidir. “Kichik biznes va tadbirkorlikning turlari va shakllari” mavzusi bo‘yicha vaziyatli holat yechimini aniqlash bo‘yicha o‘qitish texnologiyasi. Nazariy bilimlar asosida bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarish, mavzu mazmuniga kirish, bilimlarni jonlantirish, keys bilan individual tanishish, keysni kichik guruhlarda yechish va taqdim qilish, natijalarni tahlil qilish va baholash, mashg‘ulotni yakunlash, guruh va talabalar faoliyatini hamda o‘quv mashg‘ulotida erishilgan yutuqlarni baholash. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalar egallagan nazariy bilimlar asosida amaliy harakatlar, fikrlash orqali muayyan iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni to‘g‘ri baholab, asosli boshqaruv qarorlarini qabul qila bilishlari kerak. kichik biznes turlari, tadbirkorlik shakllari va ular faoliyatini muqobil davom ettirish bilan tanishtirish; keysda berilgan vaziyat va uning vazifalari hamda muammoni yechish ketma-ketligi bilan tanishtiradi; bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik turlarining farqlarini tahlil qilish yo‘llarini aytadilar; vaziyatdan kelib chiqqan holda muammoni aniqlash, ifodalay olish va uni yechish vazifalarini, muammoning yechimi bo‘yicha aniq harakatlar ketma- ketligini aniqlaydilar; tahlil natijalari asosida iqtisodiy baho beradilar, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qila oladilar; xulosa va qarorlarni asoslash va himoya qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. Biz bitiruv malakaviy ishi mavzusidan kelib chiqib, Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi bir necha tadbirkorlar o’rtasida so’rovnoma o’tkazdik. So’rovnoma 10 savoldan iborat bo’lib, asosiy maqsadimiz tadbirkorlarimizning faoliyati ularning ma’lumotlilik darajasi bilan bog’liqligini o’rganish, ularni qiynayotgan asosiy muammolar va mazkur muammolarni bartaraf etishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan masalalarni o’rganishdan iborat. So`rovnoma tarkibi quyidagi ko`rinishga ega: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling