2018 yil bitiruv malakaviy ishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyat: “Uch aka-ukalar”.
KEYS
Kirish Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, uning investitsion jozibadorligi va xalqaro reytingini oshirish bo‘yicha boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, firmalarning yangi shakllari paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bozor iqtisodiyotining asosiy unsurlaridan biri - bu firma hisoblanadi. Firma - bu foyda olish maqsadida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun resurslarni to‘plab ularni ishlatadigan tashkilotdir. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab firmalarning tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha 149 tadir. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sohasi fanlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar yangiliklar, boshqa davlat xorijiy tajribalarini, tahlillarini o‘zlashtirishnri vazifa qilib qo‘yadi. Keysda o‘qitishning asosiy maqsadi – kichik biznes va tadbirkorlikning turlari va shakllarining bozor iqtisodiyotidagi o‘rni va ularni aniq farqlay olish, to‘g‘ri tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Keysda vaziyatning yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: Talaba kichik biznes va tadbirkorlik turlari va ularning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni va o‘zaro ta’siri bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi va ularni farqlay oladi; Kichik biznes va tadbirkorlik turlari va ularning bozor iqtisodiyotidagi o‘rni va o‘zaro ta’siri xaqidagi bilimlariini oshiradi; O‘zbekistonda amal qilayotgan kichik biznes faoliyati bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatining milliy iqtisodiyotdagi ta’sirlarini tahlil qila oladi. Vaziyat: “Uch aka-ukalar”. Bor ekanda, yo‘q ekan, qadim zamonda bir badavlat tadbirkor bo‘lgan ekan. U 3 yildan beri og‘ir xastalikka chalinib, to‘shakka mixlanib qolibdi. Uning uch o‘g‘li bor ekan. Ota o‘z o‘g‘illarini oldiga chaqirib, vasiyat qilibdi. “O‘g‘illarim, vaqti-soatim yetganga o‘xshaydi. Sizlarga yillar davomida olib borgan biznesimni davom ettirishingizni iltimos qilmoqchiman. O‘g‘illarim, 3ta joyda xususiy firmam mavjud. Bobur! Katta o‘g‘limligingni inobatga olib, senga shaharning eng gavjum joyidagi katta restoranni qoldiraman, faqat, e’tibor qilasan, ushbu restoranning o‘ngida soliq inspeksiyasi, chap tomonida shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyalari mavjud. Biznesimni yanada oyoqqa turg‘azishing uchun bularni inobatga olishing kerak. Sardor! Ikkinchi o‘g‘lim sifatida senga ham ancha rivojlantirish va mehnat qilish kerak bo‘lgan “Bir zumda” kafesini qoldirmoqchiman. U ham anchadan beri ishlamayapti. Tadbirkor bo‘lsang, aka- ukalaring bilan inoq bo‘lsang, bu ishni albatta uddalaysan! Eldorjon, kenja o‘g‘lim! Senga ishonaman va qishloqdagi parrandachilik fermasini qoldirmoqchiman. Ushbu fermaning istiqboli sizlarga bog‘liq. Muammolar bor, ularni birgalikda hal etasizlar! Vasiyatim shu – ahillikda gap ko‘p, firmalarimiz gullab-yashnasin desangiz, birgalikda harakat qiling! Otasining dafn marosimidan keyin o‘g‘illar otasining vasiyatini bajarish uchun firmalar holidan xabar olibdilar. Ishlar ko‘p, reja tuzib, reja bo‘yicha ishlash kerak. Avvalo mijoz yig‘ish, restoran, kafeni ishga solish kerak, lekin aka-ukalar ishni nimadan boshlashni bilmayaptilar. Keys bo‘yicha vaziyatli (muammoli) savollar: 1. Otaning vasiyati, maqsadi nimadan iborat? 2. Katta o‘g‘il ishni nimadan boshlashi kerak, qanday strategiyani amalga oshirishi kerak? 3. O‘rtancha o‘g‘ilga qanday maslahat berasiz? Bankrot bo‘lmasligi uchun u nima ishlarni amalga oshirishi kerak? 4. Kenja o‘g‘ilning strategiyasini belgilab bering? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling