“Tadbirkorlik faoliyatini olib borishda ma’lumotlilik darajasi ta’sir qiladi, deb
hisoblaysizmi?” savoliga 9 ta tadbirkor tadbirkorlik faoliyati ma’lumotlilik
bilan
unchalik bog’liq emas , 8 tasi mablag’ bo’lsa, o’rta ma’lumot bilan ham ishni
yuritish
mumkinligini, 3 kishi esa oliy ma’lumotlilik nufuz va yuqori bilimga
ekanlikdan dalolat berishini aytganlar.
Ular “qo’lostida ishlovchi oliy ma’lumotli kadrlar bilim darajasi”ni esa
aksariyati yaxshi deb baholashgan bo’lsa juda kamchilik
qoniqarli natijani
aytishgan.
Tadbirkorlardan “ishlovchilarning malakasini oshirib borish tizmi”ni 8 tasi
kurslarga o’qitishlarini, 11 tasi ancha tajribali xodimlarga biriktirib qo’yishlarini ,
2 tasi online – kurslarda o’rganishni tavsiya qilganlar.
Ular “qo’lostida ishlovchi kadrlarning kamchiligi” sifatida 8 nafari chet
tillarni bilmasligi 6 tasi mijozlar bilan a’loqa o’rnatolmasligini , 4 tasi zamonaviy
texnologiyalarni bilmasligini 2 nafari esa novatorlik qobilyatining yo’qligini
aytishgan. Ushbu natijani 3.1 – diagrammada ko’rishingiz mumkin.
3.1 – diagramma
Shuningdek, ular “tadbirkorlarni o’qitish va
malaka oshirish kurslariga
qatnashish” ularning faoliyatiga 11 tasi o’ta muhim ta’sir etishini, 9
tasi esa bu
faqat vaqtning behuda sarflanishi ekanligini aytishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: