2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

 
 
 
 



II BOB. BIZNES VA TADBIRKORLIKKA O’RGATISH TIZIMINI 
TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARINI BAHOLASH 
2.1. Buxoro viloyatida tadbirkorlik va biznes sohasining taraqqiyoti 
ko`rsatkichlari tahlili 
O’zbekistonning barcha moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari 
bo’yicha yetakchi o’rinni egallay oladigan iqtisodiy hududlardan hisoblanuvchi 
Buxoro viloyatida tadbirkorlik sub’yektlarning tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatish 
yo’nalishlarini tahlil etish maqsadida statistik ma’limotlar bilan tanishamiz. 
2017 yil yakunlariga e’tibor qaratadigan bo’sak, O’zbekiston Respubliksida. 
41.0 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar yangidan yangi tashkil etilgan bo’lib, 
bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 25,2 foizga ko’pdir. Tugatilgan korxonalar 
soni tahlil etilganda, ularning umumiy soni 26,5 mingtani tashkil etgan. Natijada, 
2017 yil boshiga nisbatan faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 6,4 
foizga oshgan va umumiy soni 285,5 mingtani tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha jami faoliyat ko’rsatayotgan korxona 
tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,1 foizi savdoda, 17,2 foizi sanoatda
va 8,5 foizi qurilishda, 7,4 foizi esa qishloq, o’rmin va baliq xo’jaligida, 6,0 foizi 
yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmat ko’rsatish korxonalarida, 4,2 fozi tashish 
va saqlash, 2,2 foizi axborot va aloqa, 2,0 foizi sog’liqni saqlash va ijtimoiy 
xizmatlar ko’rsatish va 30,4 foizi boshqa faoliyat turlarining hissasiga to’g’ri 
keladi.
15
(
2.1- diagramma)
Buxoro viloyatida yaratilgan yalpi hududiy mahsulot tarkibini o’rganadigan 
bo’lsak, 2017- yil yakuni bo’yicha, qishloq xo’jalik sohasining ulushi 31,0 foizni, 
sanoat ulushi 19,7 foizni, qurilish sohasi 9,7 foizni va xizmatlar sohasi 39,6 foizni 
tashkil etgan. Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarga erishishda tadbirkorlik 
sub’yektlarining faoliyatini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Buxoro 
viloyatida xo’jalik yurituvchi umumiy soni 13122 tani tashkil etgan bo’lib, har 
1000 aholiga tog’ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni 7,4 taga teng bo’lgan. 
( 2.2- diagramma) 
15
Statistika kun.uz 2018-yil 12- yanvar 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling