2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

1.2. 
Tadbirkorlik 
faoliyatini 
rivojlantirishning O’zbekistondagi 
xususiyatlari. 
Iqtisodiyotni mutlaqo yangicha tashkil etish va yanada erkinlashtirish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo’yicha erishilgan natijalar 
har qanday milliy davlat va jamiyat taraqqiyoti bilan ravnaq topadi. Shu sababli 
davlat va jamiyat qurilishi – yaxlit kechadigan jarayon. Mustaqillikning o’tgan 26 
yili, avvalo, davlat va jamiyat qurilishini tubdan isloh qilish orqali rivojlantirildi. 
Shuningdek, 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 
mamlakatimiz iqtisodiyoti amalda o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam 
qo’ydi. Natijada sanoat tarmoqlari, soliq-byudjet tizimi, bojxona, valyuta 
siyosatida va yana ko’plab sohalarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. 
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha yangi, yanada qulay muhit 


yaratildi. Mamlakatimiz rahbari Shavkar Mirziyoyev tomonidan imzolangan 
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har 
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga 
doir qo’shimcha chora tadbirlar tog’risida” gi farmon ham bejiz emas , ushbu qaror 
respublikamiz rahbariyati tomonidan mazkur sohani rivojlantirishga qaratilayotgan 
jiddiy e’tibordan dalolat berib turibdi. Jumladan, qisqa muddat ichida 
mamlakatimizda ishbilarmolik muhitini yaxshilashga va tadbirkorlik faoliyatini 
qo’llab quvvatlashga yo’lantirilgan O’zbekiston Respublikasining uchta qonuni, 
Prizidentimizning 20 dan ortiq farmoni va 25 ta qarori qabul qilindi, 2017- 2021- 
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” 
da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ishbilarmonlik muhitini 
takomillashtirish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga oid 60 dan ortiq chora 
tadbirlar amalga oshirildi.
13
Tadbirkorlik 
sub’yektlari 
tomonidan 
asosan 
quydagi 
masalalar 
ko’tarilmoqda:
- Yirik biznes uchun bizdagi mavjud soliq tizimi hamda soliq ma’murchiligi 
murakkab hisoblanadi. Kichik va yirik biznes sub’yektlari o’rtasida soliq 
yukining keskin tabaqalanishi kichik korxonlar faoliyatini kengaytirish va 
ularning yirik korxonalar toifasiga o’tishini ta’minlamaydi. Ayni vaqtda yirik 
korxonalar tomonidan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar jahon 
mamlakatlarining ko’rsatkichlaridan uch-to’rt marotaba yuqori bo’lganligi
atijada kichik korxonalar yirik korxonalar toifasiga o’tib ketmaslik uchun 
rivojlanishning muayyan bosqichida sun’iy ravishda bo’linishni afzal ko’radi. 
- Tadbirkorlik faoliyati sohasi eskirgan va zamon talablariga mutlaqo javob 
bermaydigan litsenziyalar va ruxsat etuvchi tartibotlar haligacha saqlanib 
qolmoqda. Ya’ni, 58 turdagi litsenziya va 196 turdagi ruxsat etuvchi hujjatlar 
13
«Қулай ишбилармонлик муҳити-тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш гаровидир”. «Голос 
Узбекистана» газетаси 2018 йил 21 февраль 23-сони 


bu rivojlanayotgan iqtisodiyot uchun juda ham ko’pdir. Davlat xizmatlarining 
ko’pchiligi o’z mohiyatiga ko’ra ruxsat etish toifasiga mansub. 
-  Tadbirkorlar nazorat qiluvchi idoralar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz 
aralashayotganligini ta’kidlashmoqda. Masalan, birgina joriy yilning birinchi 
yarmidan 75 ta noqonuniy tekshiruvlar o’tkazilganligi va 921 ta holatda 
tekshiruvlar o’tkazish tartiblarining buzilganlagi aniqlanadi. Bundan tashqari 
davlatning anchagina nazorat funksiyalari (35 ta nazorat qiluvchi organ) 
saqlanib qolmoqda va ularning ba’zilari bir- birini takrorlaydi yoki umuman 
davlat nazoratiga taalluqli emas. 
- Ayrim yuqori likvidli resurslarni davlat tomonidan taqsimlash funksiyalari 
saqlanib qolganligi uchun tadbirkorlarning moddiy – xomashyo resurslarining 
ayrim turlaridan foydalanish imkoniyatlari cheklgan. Asosan tovar- xomashyo 
resurslarini sotishda bozor mexanizmlari va birjalarning imkoniyatlaridan 
to’laqonli foydalanilmayapti. 
- Biznesni tashkil etish uchun yer uchastkalari berilishida oshkoralik 
ta’minlanmayapti va bu masalada bir-biridan farq qiluvchi bir nechta tartiblar 
mavjud. Shu sababli tadbirkorlar o’z faoliyatining dastlabki bosqichlaridayoq 
haqiqiy amaldorlik byurokratiyasi bilan to’qnash kelmoqdalar. 
-  Tadbirkorlarning bank - moliya muassasalari va bozor infratuzilmasining 
boshqa sub’yektlari bilan o’zaro hamkorligi har doim ham bozor tamoyillariga 
muvofiq emas. Banklar ko’pincha biznes sub’yektlariga hamkor sifatida 
munosabatda bo’lishmaydi. 
- Ko’pincha raqobat muhiti tadbirkorlar tomonidan emas, balki davlatning 
iqtisodiyotdagi ortiqcha ishtiroki tufayli buzilmoqda. Davlat xususiy sheriklik 
mexanizmlarining joriy etilishiga yetarlicha e'tibor berilmayapti. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling