2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

Afzalliklari 
Kamchiliklari 
1) shirkatlar moilyaviy jihatdan yakka 
egalik firmaga nisbatan ancha kuchli 
bo’ladi; 
2) harakatdagi tezkorligi; 
3) shirkat menejerlikda qo’shimcha 
imkoniyatiga ega, ya’ni a’zolari bir birini 
kamchiligini to’ldirgan holda 
birlashadilar. 
 
1) shirkatning har bir a’zosi boshqa sherigining 
xatti harakatlari uchun javobgar bo’ladi; 
2) sheriklar o’rtasida o’zaro ishonchsizlik paydo 
bo’lishi mumkin; 
3) agar shirkat omadsizlikka uchrasa va biron 
a’zosining mablag’i qarzni to’lashga yetmasa, 
boshqa a’zolari to’lashlari shart bo’ladi; 
4) shirkat a’zolari shaxsiy jihatlari juda katta 
ahamiyatga egaligi 
Manba:Sahar ijtimoiy online maktai.26.11.2014 
Mas`uliyati cheklangan jamiyatlarga “Sharq Kredit”, “Beeline”, “Ucell” va 
“Artfam invest” kabi ma’suliyati cheklangan jamiyatlari misol bo’la oladi. 
 
Jamoa (korporatsiya) shaklidagi shirkat. Bu shakldagi korporatsiyalar 
(ingliz tilida public company deyiladi) yakka shaxslar, muassasalar, tashkilotlar, 
korxonalar xohishlari va o’zaro kelishuvlari asosida biron maqsadni ko’zlab 
tuzilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Unda xo’jalik faoliyati asosan hissadorlarning 
aksiya yoki paychilik shaklidagi qo’shgan mablag’lari asosida tashkil etiladi. 
Korporatsiyaning afzalliklari: 

Muddatsiz ravishda faoliyat ko’rsata oladi; 

Korporatsiya singan taqdirda ham uni boshqaruvchilar o’z mol-mulkidan 
ajralib xonavayron bo’lmasligi mumkin. 

Bir vaqtda turli-tuman sohalarda baravar faoliyat yurita olishi mumkin. 
Jamoa korporatsiyalariga “Apple”, “Google” va “Microsoft” kabi korporatsiyalar 
misol bo’la oladi. 
Davlat ishlab chiqarish korxonalari. Bu korxonalarning ancha keng 
tarqalgan tashkiliy, huquqiy shakli bo’lib , ular alohidalashgan mol – mulkga ega 
bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada 
boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat 


korporatsiyalari o’zida tijorat korxonalari hamda davlat organlari belgilarini 
mujassamlashtiradi. 
Tadbirkorlik hatti – harakatlari tufayli kimgadir moddiy yoki ma’naviy zarar
yetgan bo’lsa, u buning uchun mulkiy javobgar hisoblanadi. Shuningdek, tadbirkor 
o’z faoliyatida boshqa xo’jalik yurituvchi shaxs bilan shartnoma asosida 
munosabatga kirishadi. Tadbirkor shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarni 
bajarmagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga va shartlariga muvofiq u mulkiy 
javobgar bo’ladi. Demak, tadbirkor boshqa subyektlarga zarar yetkazgan 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, tadbirkorlik har tomonlama faoliyat turi bo’lib, o’z ichiga 
yangi tovarlarni ishlab chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, tovarlarni sotish 
uchun yangi bozorlarga kirib borish, iste’molchilar doirasini kengaytirish, yangi 
ishlab chiqarishga yangi resurslarni, mablag’ bilan ta’minlash manbalari va 
shakllarini jalb qilishni, tashkiliy boshqaruv yangiliklarini o’tkazish, sherikchilik 
munosabatlarini, shu jumladan, xalqaro munosabatlarni shakllantirishni o’z ichiga 
oladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling