2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

Foyda
Xarajatlar
Maxsulotni sotishdan 
tushgan daromad


Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g`oyalarni izlash, tahlil qilish
o`zining tashabbuskorlik, yaratuvchanlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o`z 
faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishdir. Tadbirkor yuridik shaxs bo`lish-
bo`lmasligidan qat`iy nazar, doimo tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi 
jismoniy shaxsdir (yakka tadbirkor). Bundan tashqari tadbirkorlik bozor 
iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-
iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
hamda ayirboshlashni tashkil etish bo`yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining 
ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. Shuningdek, tadbirkorlikning mohiyati 
quyidagilar orqali yanada oydinlashadi: 
 
Birinchidan, tadbirkorlikning sub`yekti kim bo’lishi mumkin? O`zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik 
to`g`risidagi qonunga muvofiq balog`at yoshiga yetgan har bir fuqaro o`z mulki 
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o`z ixtiyori bilan qonunga zid 
bo’lmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va 
rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat va jamiyat ahamiyatiga molik ish 
bo’lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.Tadbirkorlik faoliyatining uch turi 
va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko`rsatish mumkin
10

1) yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan 
intelektual mulk egalari va innovatsiya tadbirkorlari shug’ullanadilar. 
2) tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar. 
3) tovarni sotish, qayta sotish hamda tijorat ishlarini tashkil etish bilan 
shug`ullanuvchi tadbirkorlar. 
 
Uchinchidan, maqsadiga ko’ra tadbirkorlikning ikki turini: 
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog’liqni 
saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin. 
10
Gulimbetov.A “Tadbirkorlik asoslari” fanidan ma’ruza matni – Nukus 2011 yil 18-b 


Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quydagi 1.2 - rasmda klaster shaklida 
tavsiflangan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling