2018 yil bitiruv malakaviy ishi
Buxoro soliq kollejida tadbirkorlik va biznes sohasi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tahlili…………………………………………………….. 3.2
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
- Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadlari.
3.1. Buxoro soliq kollejida tadbirkorlik va biznes sohasi bo’yicha
o’qitiladigan fanlar tahlili…………………………………………………….. 3.2. Tadbirkorlik asoslari fanini o’qitish uslubiyoti……………………….. Xulosa………………………………………………………………………… Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………... Ilovalar……………………………………………………………………….. KIRISH “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming- minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur” Amir Temur Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Har qanday mamlakat taraqqiyoti uning iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Shu sababli davlatlar yuksak taraqqiyotga erishish uchun biznes va tadbirkorlik faoliyatiga alohida e’tibor qaratishadi. Yurtimizda ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar o’zining yuksak samarasini bermoqda desak bejiz emas. Shunday ekan tadbirkorlarga berilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va yoshlarda tadirkorlik qobilyatini shakllantirib ularni biznes va tadbirkorlikka jalb qilish bitiruv malakaviy ishimizning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadlari. Ishning maqsadi Buxoro viloyatida yosh tadbirkorlarning muammolari hamda taklif istaklarini o’rganish, bo’lajak tadbirkorlarni tadbirkorlikka o’rgatish tizmini takomillashtirish, ularda bilim, ko’nikmani shakillantirish borasidagi takliflar tizimini ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi uchun quyidagi vazifalar ketma – ketligi belgilab olindi: Biznes va tadbirkorlikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni, mohiyati va asosiy vazifalarini o’rganish; O’zbekistonda biznes va tadbirkorlikning rivojlanish xususiyatlarini aniqlash va yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish; Buxoro viloyatida tadbirkorlik va biznes sohasining taraqqiyoti ko`rsatkichlari tahlili; Buxoro viloyatida tadbirkorlik va biznes faoliyatiga tayyorlash tizimining xususiyatlarini o`rganish; Buxoro soliq kollejida tadbirkorlik va biznes sohasi bo’yicha o’qitiladigan fanlar tahlili; Tadbirkorlik asoslari fanini o’qitish uslubiyoti; Tadbirkorlikka tayyorlash tizimidagi muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini o`rganish. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida kirish, 3 bobdan iborat asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat reja asosida ish olib borildi. 1-Bob “Biznes va tadbirkorlikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni” deb nomlanib, 2 paragrafdan iborat. Unda biznes va tadbirkorlikning mohiyati, yuzaga kelish tarixi, asosiy vazifalari, turlari, afzallik va kamchiliklari tavsiflab berrilgan. Shuningdek, biznes va tadbirkorlikning O’zbekistonda rivojlanganlik darajasi, yurtimizda ushbu faoliyat bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf eticha yo’llari yoritib berilgan. 2- Bob “Biznes va tadbirkorlikka o’rgatish tizimini takomillashtirish” deb nomlanib, u ham 2 paragrafdan tashkil topgan. Mazkur bobning birinchi paragrafida Buxoro viloyatidagi tadbirkorlik va biznes sohasining taraqqiyoti ko`rsatkichlari tahlil qilingan. Bunda statistik ma’limotlar bilan tanishdik, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’yektlarining tashkiliy- huquqiy shakllarini va undagi kichik biznes sub’yektlarining faoliyatini, mehnat va bandlik ko’rsatkichlarini tahlil qildik. Ikkinchi paragrafda esa Buxoro viloyatidagi tadbirkorlik va biznes faoliyatiga tayyorlash tizimining xususiyalari, tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etilishi va ushbu markazning faoliyatini Buxoro viloyati filiali misolida o’rgandim va ushbu markaz tomonidan o’tiladigan o’quv kurslari faoliyatini tahlil qildik. 3- Bob “Biznes va tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash metodikasi” deb nomlanib, ushbu bob 2 paragrafdan iboratdir. Birinchi paragrafda Buxoro soliq kollejida tadbirkorlik va biznes sohasi bo’yicha o’qitiladigan fanlarni va kollejda talabalrni tadbirkorlikka jalb etish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarni tahlil qildik. Ikkinchi paragrafda esa “Tadbirkorlik asoslari” fanini o’qitish uslubiyotini o’rgandik va o’z takliflarimizni kiritdik. Uchinchi paragrafda tadbirkorlikka tayyorlash tizimidagi muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini o’rgandik. Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida biz yuqorida ko`rilgan masalalar yuzasidan umumiy to`xtamlar va muammolarni bartaraf etish borasida o`z tavsiya va takliflarimizni yoritib berdik. Mazkur bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda rahbariy adabiyotlar, O`zbekiston Respublikasi Qonunlari, prezident farmonlari, prezident asarlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, vaqtli matbuot materiallari va internet saytlari bilan bir qatorda, statistik to`plamlar, Buxoro savdo- sanoat palatasining ma’lumotlari va Buxoro soliq kolleji faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlardan unumli foydalanishga harakat qildik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling