2018 yil bitiruv malakaviy ishi
- rasm. Tadbirkorlarga xos umumiy xususiyatlar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorga xos xususiyatlar Tadbirkor shugullanay otgan soha boyicha bilimga ega
1.2 - rasm. Tadbirkorlarga xos umumiy xususiyatlar.
Manba: “Tadbirkorlik va biznes asoslari” 2016-yil 15- b. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi 11 : 1. Mulkiy munosabatlarning uyg’unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi: egalik qilish, ya`ni mulk egasi sifatida mulkka to`la hukumronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish; foydalanib turish, ya`ni mulk egasining nazorati asosida ma`lum shart va to`lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish; operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish. 11
Tadbirkorga xos xususiyatlar Tadbirkor shug'ullanay otgan soha bo'yicha bilimga ega ekanligi Tavakkalchilik ka asoslangan qarorlar qabula qila olishi Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olishi Qonunlarga itoatkorligi Innovatsiyac hilikning faolligi Tashkilotchi lik Maqsad sari intiluvcha nlik Tejamkor bo'lishi O'z so'zining ustidan chiqishi Ruhiy poklik va xalolligi O'z jamoasi uchun kurashuvcha nligi 2. Tadbirkorlarga o`z qobiliyatini to`la namoyon etishi uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklar berilgan: mahsulot assortimenti turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi; hamkorlarni mustaqil tanlash; mablag`larni qonunga zid bo`lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va h.k.; 3. Bozorning ochiqligi, ya`ni tovarlar, sarmoyalar, ma`lumotlar, ishchi kuchi, xom ashyo harakati uchun sun`iy g`oyalarning yo`qligi. 4. Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunga quyidagilar kiradi: tijorat banklari; tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari; tijorat tavakkalchiligi va mulk sug`urtasi; ma`lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari; ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va x.k. 5. Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya`ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi. 6. Yangi korxonalar uchun kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to`lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo`yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k. Tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to’siqlarni hal qilish yo’llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni sotishni bilishi zarur. U bozor munosabatlari sharoitida uchraydigan aniq sharoitlarni baholashni hamda to’g’ri yo’l tanlashni bilishi lozim. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o’rgatmaydi va og’ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o’z kuchiga, ilmiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi kerak. Ko’pgina tadqiqotchilar jamiyatda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni ko’payib borayotganligi haqida ta’kidlaydilar. Ma’lumotlarga ko’ra esa, mustaqil faoliyat yurituvchi aholining 8-10% qismi tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Shiningdek tadbirkorlik har qanday boshqa kasb kabi ishbilarmonlik sifatlarini talab qiladi. Tadbirkor faoliyatining bu jihatlarini o’rganishda uning faoliyat ketma- ketligini kuzatish alohida ahamiyatga ega. Bunda tadbirkorning asosiy harakatlari ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi mumkin: biznes g’oyasini ishlab chiqish ishbilarmonlik muhitini chuqur o’rganib chiqish tadbirkorning iqtisodiy manfaati bilan biznes g’oyasining o’zaro mos kelishi tadbirkorlik g’oyasi bilan tadbirkorlik muhitining o’zaro muvofiqligi g’oyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kapital hajmini belgilab olish biznes g’oyani amalga oshirish uchun kerak bo’lgan korxona yoki tashkilotni tarkib toptirish. Har bir tadbirkorlik faoliyatining asosini ma’lum bir g’oya tashkil qiladi. Bu g’oyalar oddiyligi bilan ajralib turadi. Kimdir tovarni yangicha jildlash g’oyasini bersa, yana kimdir bozorda mavjud bo’lgan tovarga yangiliklar kiritadi va shu asosida unga bo’lgan talab darajasini oshirishga harakat qiladi va hokazo Ishbilarmonlik g’oyasi ko’pincha o’z professional faoliyatida mustaqillikka erishish va qo’shimcha foyda olish ishtiyoqida bo’lgan kishilarda paydo bo’ladi. Buning uchun kishi iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama tahlil qilib, undagi mavjud bo’lgan yetishmovchiliklarni aniqlab, unga o’z faoliyatini yo’naltirishi lozim. Tadbirkorlik g’oyasini ma’lum bir muhitda amalga oshirish mumkinligni aniqlab, ishni tashkil etish bo’yicha kerak bo’lgan moliyaviy mablag’larni olish va manba tanlangandan keyin tadbirkor o’z faoliyatini uch yo’nalishga qaratishi lozim. Birinchi yo’nalish - ishlab chiqarish jarayonlari va tadbirkorlik jarayonini boshqarish. Tadbirkorlik faoliyatining bu yo’nalishi menejment tamoyillari sifatida mustaqil rivojlanadi. Tadbirkor menejmentning asosiy tamoyillarini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi va zamonaviy menejer bo’lishi lozim. Ishlab chiqarishni boshqarish tadbirkorning boshqa yo’nalishlaridan ajratilgan holda olib borilishi mumkin emas: u ishlab chiqarishni faqatgina iste’molchilar uchun tashkil etadi. Shu sababli tadbirkor faoliyatining ikkinchi yo’nalishi bozorni har tomonlama o’rganishdir. Chunki bozorda bo’layotgan jarayonlarni tahlil qilmay, tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borib bo’lmaydi. Sheriklar bilan aloqalarni yaxshi yo’lga qo’yish tadbirkorlik faoliyatining uchinchi yo’nalishi hisoblanadi. Buning uchun tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo’lida sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarish va eski munosabatlardan voz kechish o’rinlidir. Shuningdek, yuqorida aytilgan ilmiy asoslar, tamoyillar O’zbekistonda tadbirkorlik, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni tizimli tahlil qilish, bashoratlash hamda qaror qabul qilish uchun asos bo’ladi. Tadbirkorlik subyektlari turlicha: ular-yakka xususiy tadbirkorlar, jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar, ular nomidan ish yurituvchi yuridik shaxslar, hissadorlik jamiyatlari, jamoalari, shu bilan birga davlat korxonalarini tadbirkorlik asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa subyekti bo‘lishi mumkin. Ammo davlat tadbirkorligining tartibi va unga amal qilinishi nazorati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, xodimlari tadbirkorlik subyekt bo‘la olmaydilar. Chunki daromad maqsadi uchun sarmoyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlar tadbirkorlikning real subyektidir. Tadbirkorlik faoliyati bilan shu’gullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro’yxati mavjud va u Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan. Tadbirkor qanday vazifani bajarishiga yo‘nalganligiga qarab ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik, tijoratchilik, turli xizmatlar ko‘rsatish va maslahatlar berish ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik to‘g‘risidagi qonuni”ning 5- moddasi 12 ga binoan tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjuddir: yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati; xususiy tadbirkorlik faoliyati; aralash kompaniyalar; kooperativ tadbirkorlik; davlat tadbirkorligi; 12 O’zbekistonning yangi qonunlari 16 –son T, “Adolat”,2000 – yil 427 –b. Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari juda xilma-xil bo‘lib, ularning hech biri muvaffaqiyatga oldindan kafolat bermaydi. Tadbirkorlikning qaysi shaklini tanlash quyidagilarga bog’liq: ishni oson boshlash imkoniyati; uni boshlashda duch keladigan qonun-qoidalar: ishning pul bilan ta’minlanishi; ishning hajmi va miqdori; to‘lanadigan soliqlar stavkalari. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling