2018 yil bitiruv malakaviy ishi
O`zbekiston Respublikasi 2017 yil Makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi savdo aylanmasi (million AQSH doll) 19951,5 116,7 Eksport 10359,6 125,7 Import
O`zbekiston Respublikasi 2017 yil Makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
1.4-jadval Ko’rsatkichlar Millard.so’m 2016 yil yanvar- sentabrga nisbatan foiz hisobida Yalpi ichki maxsulot 170074,8 105,3 Iste’mol narxlari indeksi (2016 yilning dekabr oyiga nisbatan,foizda) X 107,8 Sanoat maxsulotlari 99060,5 105,6 Istemol tovarlari 41139,3 105,0 Qishloq,o’rmon va baliq xo’jaligi mahsulot (xizmat)lari 46194,3 103,5 Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 39536,1 101,0 Qurilish ishlari 25176,2 105,3 Yuk aylanmasi (tn-km) 65568,2 102,8 Yo’lovchi aylanmasi(million.pass-km) 83288,5 104,9 Chakana savdo Tovar Aylanmasi 76358,1 104,3 Xizmatlar jami 77250,8 106,9 Tashqi savdo aylanmasi (million AQSH doll) 19951,5 116,7 Eksport 10359,6 125,7 Import 9591,9 108,4 Sal’do(+,-) 767,7 X Manba:O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining statistic axborotnomasi. 2018 – yil 8 yanvar. YaIM ning tarmoqlar bo’yicha tarkibi Respublika bo’yicha YaIMni shakllantirishda Toshkent shahri 15,5 foizli ulush bilan yetakchilik qilmoqda,Toshkent va Samarqand viloyatlari mos ravishda 10,8 foiz va 7,4 foiz ko’rsatkichi bilan keyingi o’rinlarni egallashgan .YaIM ning eng kam ulushi Sirdaryo viloyati ( 2 foiz),Jizzax viloyatida (2,3 foiz), Xorazm viloyatida (3,3 foiz) va Qoraqalpog’iston Respublikasida ham (3,3 foiz) kuzatiladi.(1.1- diagramma) 2017 yilda O`zbekiston Respublikasi YaIM ning tarmoqlar bo’yicha tarkibi 1.1-diagramma Manba: “O’zbekistonda Yalpi hududiy mahsulot ko’rsatkichlari” 2018- yil 8yanvar Shuningdek, Tadirkorlikning butun dunyo bo’ylab tashkil etilishi reytingida O’zbekiston biznes yuritish indeksi bo’yicha 2015 yilda 42 – o’rinni egallagan bo’lsa, 2018-2019- yillarda bu ko’rsatkich 1- 10- o’rinni egallashi bashorat 2 2,3 3,3 3,3 4,2 4,3 4,9 4,9 5,8 6,7 7 7,4 15,5 0 5 10 15 20 Sirdaryo Jizzax Xorazm Qoraqalpogiston Namangan Surxondaryo Buxoro Navoiy Andijon Farg'ona Qashqadaryo Samarqand Toshkent YaIM YaIM qilingan. Protsedura bo’yicha 2015- yilda 5 – o’rinni egallagan bo’lsa 2017- 2018 yillarda 2- chi o’rinni egallashi aytilgan. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish 65 kun vaqt talab qilgan bo`lsa, 2018-2019 yillarda 1 kunni talab etishiga erishish rejalashtirilgan.Buni 1.3 – rasmda ko’rishingiz mumkin. 1.3 – rasm Manba: O’zbekiston matbuot va axborot agentligi (www.api.uz) .2016 yil. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 – yil mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim yil sifatida belgilanib, o’ziga xos nom berildi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilindi. Bu esa yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mamlakatimiz reytingini dunyo reytingida yuqori o’rinlarni egallashini, yoshlarni biznes va tadbirkorlikka jalb etishga katta sabab bo’ldi desam adashmayman. Shuningdek, 2017 yilda Jahon banki va Xalqaro moliyaviy korporatsiya tomonidan qabul qilingan “DoingBusiness - 2018” reytingida O’zbekiston 74 - o’rinni egallab, bir yil avvalgi ko’rsatkichdan 13 pog’ona yuqorilagan.10 ta indikatorning yarmida sezilarli o’sish qayd etilgani reytingda ko’tarilishiga asosiy sababchi bo’ldi (1.5 - jadval). 1.5 - jadval Manba: xabar.uz “jahon bankining “biznesni yuritish” reytingi Jadvalda ko’rib turganimizdek, reytingi ko’tarilgan indikatorlarning ko’pchikigida tadbirkorlik faoliyatida turli aralashuvlar va byurokratiya ta’siring nisbatan kamayishi, ya’ni, avtomatlashtirilgan tizimlarning yo’lga qo’yilishi o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan. Jumladan, 2017-yilning 1- aprelidan tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yishning avtomatlashtirilgan tizimni joriy etilgani, Yurtimizning jahonda biznesni ro’yxatdan o’tkazish indikatori bo’yicha dunyoda 11- o’rniga ko’tarib olishda muhim rol o’ynadi. Bu tartib tadbirkolarga qisqa vaqtda internet orqali yoki “yagona darcha” markazlari orqali ro’yxatdan o’tish imkonini beradi. Agarda tadbirkorlarga ko’proq qulayliklar yaratilsa, ularga ko’proq erkinlik berilsa, natijalar uzoq kuttirmaydi. Ammo o’zgarishlar qilinmasa, nisbatan past ko’rsatkichlar saqlanib qolaveradi. Bunga misol tariqasida Xalqaro tijorat 168- o’rin, qurilishga ruxsatnoma olish 135 – o’rin kabi kabi ko’rsatkichlarni aytishimiz mumkin. Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik faoliyatida duch kelinayotgan to`siqlar to`g`risida quyidagi fikrlarni bildirdi 14 : “Yurtimizda tadbirkorlik nima uchun kutilgan darajada rivojlanmayapti? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari ko’p. Ochig’ini aytganda, tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o’zimiz - davlat idoralari yo’l qo’ymaymiz. Hech kimga kerak bo’lmagan tartib taomillar hamon saqlanib qolmoqda, joylarda ko’pgina amaldorlar faqat o’z shaxsiy manfaatini o’ylab ish ko’rmoqda”. Tadbirkorlar uchun qabul qilingan qonunlar oson bo’lsa ular qonunni buzishmaydi va hech qanday tekshiruv organlaridan qo’rqmaydi. Ammo bizda qonunlar o’sha tekshiruvchi organlar tomonidan yoziladi. Oliy Majlis deputatlari esa asosan tayyor qonunni tasdiqlab beradi. Shuning uchun, Oliy Majlis deputatlarining qonun tayyorlashdagi professional rolini oshirish zarur, ayniqsa budjet siyosati, soliq ma’muriyati hamda tekshiruvchi organlar faoliyatiga doir 14 Uza.uz O’zbekisto milliy axborot agentligi. “O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisdagi murojatnomasi. 22.12.2017 yil. qonunchilikda deputatlar haqiqatda qonunlar ustida qattiq ishlashi lozim. Qabul qilinajak davlat dasturida ushbu yo’nalishda keskin choralar ko’rilmasa, Prizidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni sifatli va to’laqonli amalga oshirib bo’lmaydi. Shu sababli mutasaddi rahbarlar bu fikrlarga bee’tibor bo’lmasliklari kerak. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling