2019 yil 20 noyabrda ―OR‖ mchj ishtirokchilarining umumiy yig‗ilishining


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/95
Sana22.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1376854
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Civil law by the Strong



@TheRadius 
1-КАЗУС 
2019 yil 20 noyabrda ―OR‖ MCHJ ishtirokchilarining umumiy yig‗ilishining 
qarori bilan fuqaro Salimov ta‘sischilar ro‗yxatidan chiqarildi, chunki kompaniya 
ro‗yxatdan o‗tganidan keyin bir yil o‗tgach, u ustav kapitaliga hissa qo‗shmadi. 
Salimov ta‘sis hujjati bo‗yicha ulushi 45 foizni tashkil etib, u 10 foiz ulushini 
kiritgan edi. Salimov OR MCHJ umumiy yig‗ilishi qarorini haqiqiy emas deb 
topish to‗g‗risida da‘vo arizasi bilan murojaat qildi. Sud majlisida fuqarolar 
Karimov, Xalimov, Olimov va Katayevlar tomonidan ustav fondiga 100% o‗z 
ulushlarini kiritganligi aniqlandi. Ta‘sis shartnomasiga ko‗ra, ustav kapitalidagi 
ulushlari 50 foizini korxona ro‗yxatdan o‗tgandan 2 oy muddat ichida to‗lash 
kerak bo‗lgan. Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan Salimov o‗z 
pulini ulush sifatida kiritmagan. Salimov kompaniyaning ustav kapitaliga o‗z 
vaqtida hissa qo‗shishning iloji yo‗qligini vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar 
bilan izohladi va sheriklarini tez orada etishmayotgan summalarni amalga 
oshirishiga ishontirdi. Salimovni MCHJdan chiqarish to‗g‗risida qaror boshqa 
ta‘sischilar tomonidan umumiy yig‗ilishda bir ovozdan qabul qilindi. Yig‗ilishda 
Salimov ham qatnashdi va uning chetlatishiga qarshi ovoz berdi. 
Javob: 
Issue 
1. 
MCHJ va uning uning boshqaruv tartibini tahlil qiling? 
2. 
OR MCHJ Salimovni ta‘sischilar ro‘yxatidan chiqarib yuborishi qonuniymi? 
3. 
Salimovning ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb 
emas deb topish masalasiga sudga murojaat qilishi qonuniymi? 
Rules 
1. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
2. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 
3. 
Mas‘uliyati cheklangan hamda qo‗shimcha mas‘uliyatli jamiyatlar 
to‗g‗risida
Application 
Ma‘suliyati cheklangan jamiyat nima va uning boshqaruv tartibi qanday? 


Fuqarolik kodeksining 62-moddasiga muvofiq 
 
Mas‘uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta‘sis 
etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta‘sis hujjatlari bilan belgilab qo‗yilgan 
miqdorlardagi ulushlarga bo‗lingan jamiyat tan olinadi. Mas‘uliyati cheklangan 
jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‗yicha javobgar bo‗lmaydilar 
va jamiyat faoliyati bilan bog‗liq zarar uchun o‗zlari qo‗shgan hissalar qiymati 
doirasida javobgar bo‗ladilar. 
Jamiyatning o‗z hissasini to‗la qo‗shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari 
bo‗yicha har bir ishtirokchi hissasining to‗lanmagan qismining qiymati doirasida 
solidar javobgar bo‗ladilar. 
Mas‘uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek 
―mas‘uliyati cheklangan‖ degan so‗zlarni o‗z ichiga olishi kerak. Mas‘uliyati 
cheklangan jamiyatning huquqiy mavqeyi, uning ishtirokchilarining huquq va 
burchlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Shuningdek, Mas‘uliyati cheklangan hamda qo‗shimcha mas‘uliyatli jamiyatlar 
to‗g‗risidagi qonunning 3-moddasiga muvofiq, Bir yoki bir necha shaxs 
tomonidan ta‘sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta‘sis hujjatlari bilan 
belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‗lingan xo‗jalik jamiyati mas‘uliyati 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling