2020-yilda yangi 8-sinf darslik bo’yicha tushish ehtimolligidagi testlar!


- mavzu:Moddalar va energiya almashinuvining ahamiyati


Download 150.16 Kb.
bet17/43
Sana05.01.2022
Hajmi150.16 Kb.
#212932
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
8 MAVZULASHTIRILGAN TEST

30- mavzu:Moddalar va energiya almashinuvining ahamiyati.
1.Tirik materiyani notirik materiyadan farq qiladigan asosiy belgisi nima hisoblanadi.

A) hujayralardan tuzilganligi B) moddalar almashinuvi C) yangi sifat belgisini hosil qilishi D) nafas olishi


2. Moddalarning qonga o‘tishidan boshlab oxirgi parchalanish mahsulotlari hosil bo‘lishigacha sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, asosan qayerda kechadi

A) hujayralar aro suyuqlikda B) hujayra ichida C) ichki organlarda D) yadroda
3. Moddalar va energiya almashinuvi asosini o‘zaro chambarchas bog‘langan, biri ikkinchisisiz sodir bo‘lmaydigan, lekin bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan nimalar tashkil etadi.

A) kimyoviy jarayonlar B) fiziologik jarayonlar C) fermentativ jarayonlar D) biofizik jarayonlar
4. Dissimilatsiya yirik organik molekulalarning nimalar ta'sirida parcha­lanib, ko‘p miqdorda kimyoviy energiyaning ajralib chiqishidan iborat.

A) kislorod ta'sirida B) fermentlar ta'sirida C) kislorodsiz sharoitda D) fizik va mexanik parchalanish
5. Organizmda sodir bo‘ladigan barcha hayotiy jarayonlar: muskullarning qisqarishi, nerv impulslarining o'tkazilishi, tana haroratining doimiy saqlanishi, organik moddalarning sintezlanishi va so‘rilishi, sekret ishlab chiqarish, hujayra membranasida ionlar potensialini saqlab turish nima hisobiga amalga oshiriladi.

A) assimilatsiyadan chiqadigan ATF B) glikolizdan tarqaladigan energiya C) glikolizdan qoladigan energiya D) dissimilatsiyadan chiqadigan energiya
6. Moddalar va energiya almashinuvi natijasida ovqat bilan organizmga tushadigan oziq moddalar organizmning o‘zi uchun zarur bo’lgan moddalarga aylanadi, so‘ngra bu moddalar qurilish materiali sifatida foydalaniladi yoki gapni davom ettiring.

A) zaxira sifatida to'planadi B) energiya sifatida tarqaladi C) ferment vazifasini bajaradi. D) yangi modda hosil qiladi
7. Ovqat hazm bolishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanganlangan keyin nima yuz beradi?

A) moddalar parchalanib, almashinuv mahsulotlari hosil bolishi

B) so‘rilgan mahsulotlardan organizm uchun zarur moddalarning sintezlanishi

C) oziq mahsulotlari so‘rilib, to‘qima va hujayralarga yetkazib berilishi

D) moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi.
8. So‘rilgan mahsulotlardan organizm uchun zarur moddalarning sintezlangandan keyin qaysi bosqich amalga oshadi.

A)moddalar parchalanib, almashinuv mahsulotlari hosil bolishi

B) ovqat hazm bolishi, ya’ni fermentlar ishtirokida ichakda yuqori molekulali birikmalarni quyi molekulali moddalargacha parchalanishi

C)oziq mahsulotlari so‘rilib, to‘qima va hujayralarga yetkazib berilishi

D) moddalar almashinuvi oxirgi mahsulotlarining organizmdan chiqarilishi.
9. Dissimilatsiya jarayonida ajralib chiqadigan energiya hisobidan ATF va boshqa katta energiyali birikmalar sintez bo'ladi. Bu energiya nima uchun sarf qilinadi

A) mexanik, kimyoviy, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi.

B) termik, issiqlik elektrik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi

C) mexanik, elektrik, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi

D) termik, kimyoviy, issiqlik energiyasi shaklida barcha jarayonlarda sarf qilinadi
10. Suv barcha to‘qimalar va hujayralar tarkibiga kiradi. 0‘rta yoshdagi odamlar tanasining necha % ga yaqinini suvdan iborat?

A) 70-80% B) 60-70 % C) 80-90% D) 50-60%


11.Yosh organizmda esa suv ancha ko'proq, masalan, chaqaloqlarda necha % ga yaqin boladi.

A) 80 % B) 90% C) 70% D) 85%


12. Moddalar almashinuvi mahsulotlari nima orqali tashiladi.

A) qon orqali B) limfa orqali C) suv orqali D) ferment orqali


13. Tana haroratining boshqarilishida ham suv qanday ahamiyatga ega.

A) issiq havoda suv ter bezlari orqali bug'lanib

B) hujayradagi ortiqcha moddalarni suv orqali tashqariga chiqarib

C) tanadagi ortiqcha yog'larni suv orqali parchalab

D) organizmga kirgan ortiqcha modddalarni parchalab
14. Nima organizm ichki muhiti tarkibining turg'unligini saqlaydi.

A) qondagi gormonlar konsentratsiyasi B) mineral tuzlar C) hujayralar aro suyuqlik D) suv


15. To‘qimalardagi suvni tutib turish uchun nima zarur.

A) Osh tuzi B) hujayradagi ionlar C) OH va H ionlari D) mikronaychalar


16.Nima qonning ivishida ishtirok etadi va suyak to'qimasi tarkibiga kiradi.

A) kaliy tuzlari B) kalsiy tuzlari C) fosfor tuzlari D) karbonat tuzlari


17. O‘sayotgan yosh organizm uchun nima zarur bo‘ladi?

A) kaliy tuzlari B) kalsiy tuzlari C) fosfor tuzlari D) karbonat tuzlari



31- mavzu: Oqsillar. Yog’lar va uglevodlar almashinuvi

1.Hujayra organoidlari nimadan iborat? A) oqsil va uglevoddan B) oqsil va lipiddan C) oqsildan D) uglevoddan
2. Nima orqali kislorod to‘qimalarga olib boriladi, karbonat angidrid to‘qimalardan olib ketiladi.

A) oqsil va uglevod B) oqsil va lipid C) oqsil D) uglevod
3. Immunitet hosil bo‘lishi, muskullaming qisqarishi va fermentli jarayonlar nima bilan bog‘liq.

A) oqsil va uglevod B) oqsil va lipid C) oqsil D) uglevod
4.Miya, muskul va boshqa hujayralar uchun nima energiya manbai hisoblanadi.

A) oqsil B) uglevod C) lipid D) oqsil va lipid


5. Ular parchalanganida karbonat angidrid va suv hosil bo‘lib, ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi?

A) oqsil B) uglevod C) lipid D) oqsil va lipid


6. Murakkab uglevodlar nimalardan tashkil topgan?

A) glukoza va uglevod bo'lmagan moddadan B) glukoza va disaxariddan C) o‘nlab yoki yuzlab oddiy uglevodlardan D) uglevod va oqsildan


7. Qondagi ortiqcha glukozani hayvon kraxmalini nima glikogenga aylantiradi.

A) glukokortikoid B) insulin C) amilaza D) esterogen


8. Glikogen qayerda zaxira holida to'planadi. A) suyak va muskulda B) muskul va ichakda C) jigar va muskulda D) jigar va ichakda
9. Qonda glukoza yetishmaganida glikogen nima

ta’sirida glukozagacha parchalanadi.

A) glikokortikoid B) insulin C) mineralakortikoid D) glukagon
10. Qandli diabedda qonda glukoza miqdori ko'payadi va…….

A) organizmda glikogen miqdori pasayadi B) qonda glikogen miqdori ko'payadi

C) glukoza siydik bn tashqariga chiqariladi D) glikogen siydik bn tashqariga chiqariladi
11. Nimaga qadar qandli diabet xavfli kasallik hisoblangan.

A) Sun’iy insulin sintez qilish kashf qilinguncha B) Sun’iy glikogen sintez qilish kashf qilinguncha

C) Sun’iy glikokortikoid sintez qilish kashf qilinguncha D) Sun’iy glukogon sintez qilish kashf qilinguncha
12. Hozir diabet bilan og‘rigan bemor ovqatida qamday mahsulotlarning kam bo‘lishi tavsiya etiladi.

A) karbonsuvli mahsulotlarni B) yog'li mahsulotlarni C) oqilli mahsulotlarni D) vitaminli mahsulotlarni


13. Yog'lar organizm uchun energiya manbai bo‘lib, zaxira oziq holda qayeda to'planadi?

A) teriosti biriktiruvchi to'qimasida va muskul to'qimasida

B) teriosti biriktiruvchi to‘qimasi va ichki organlar atrofida to‘planadi.

C) muskul to'qimasida va ichki organlar atrofida D) ichki organlar atrofida va suyak ko'migida


14. Yog‘lar parchalanganida karbonsuv va oqsillarga nisbatan qancha baravar ko'proq energiya ajralib chiqadi. A) ikki baravar B) o'n baravar C) yuz baravar D) yigirma baravar

15. Teri ostidagi yog‘ qatlami qanday ahamiyatga ega?

A) issiqlikni yaxshi o'tkazish B) tana haroratini bir xil saqlash C) energiya hosil qilish D) suv hosil qilish
16. Biriktiruvchi to‘qimada to‘planadigan yog‘larning vazifasi nimadan iborat?

A) organlarni mexanik ta’sirdan himoya qiladi. B) issiqlikni yaxshi o'tkazish C) tana haroratini bir xil saqlash D) energiya hosil qilish


17. Nima sababdan ovqatda hayvon yog'lari bilan bir qatorda, o‘simlik moylari ham bo'lishi lozim.

A) hayvon yog'lari va o'simlik moylari bir birini vazifasini bajara olmaydi.

B) o'simlik moylari va hayvon yog'lari bir birini to'ldirib turadi

C) o‘simlik moylarida hayvon yog‘larida uchramaydigan, ya’ni almashinib bo‘ladigan yog‘lar mavjud.

D) o‘simlik moylarida hayvon yog‘larida uchramaydigan, ya’ni almashinib bo‘lmaydigan yog‘lar mavjud.
18. Organizmda biror modda yetishmaganida bu modda boshqa moddalar hisobidan hosil bo'lishi mumkin. Ammo organizmda oqsil yetishmasligini boshqa moddalar hisobidan to‘ldirib bo‘lmaydi. Nima uchun???

A) chunki oqsillar faqat aminokislotalardan hosil bo‘ladi. B) chunki oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma

C) chunki oqsillardan boshqa moddalar hosil bo'ladi

D) chunki oqsilni faqat organizmni o'zi sintez qiladi.




Download 150.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling