2021 abu ali ibn sino – sog‘lom turmush tarzi haqida
Oriental Renaissance: Innovative
Download 412.3 Kb. Pdf ko'rish
|
abu-ali-ibn-sino-sog-lom-turmush-tarzi-haqida
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 369 w www.oriens.uz June 2021 Shunday qilib, dunyodagi odamlar bir turga mansub bo‘lsalar ham, ular orasida ichki me’yori teng ikki kishini aslo uchratish mumkin emas. 1. Insonning individual (o‘ziga xos) mizoji; 2. Har bir a’zoning o‘z mizoji; 3. Insondagi jins mizoji; 4. Insondagi yosh mizoji; 5. Ovqatlar mizoji; 6. Fasllar mizoji; 7. Dorilar mizoji 8. Kiyimlar mizoji Har xil mintaqalar mizoji va h. Inson sog‘lom bo‘lishi uchun o‘z tanasidagi yetti muvozanatga qat’iy amal qilmog‘i shart. Bular quyidagilardir: “1. Tana (organizm) mutanosibligi; 2. Ovqat va ichimlik tanlash; 3. Gavdani ortiqchalikdan xoli etish; 4. Tana a’zolari joylanish to‘g‘riligi, mutanosibligini saqlash; 5. Burunga tortiladigan havoni yetarli va yaxshi qilish; 6. Kiyiladigan kiyimlarni muhitga moslab tanlash; 7. Jismoniy va ma’naviy harakatlar mu’tadilligi ”. Inson salomatlik me’yorlaridan biri qondagi xolesterin miqdori, agar xolesterin miqdori 120-180 MB (medisina birligi-S.X.) bo‘lsa bu samomatlik me’yoridir. 200 medinisina ko‘rsatkichidan oshishi esa arteriya qon tomirlarining ifloslanganidan dalolat beradi. Qon tomirlarida to‘planib borayotgan xolesterin miqdori qondagi xolesterin miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir. Inson tanasi qonidagi qand miqdori; qon bosimi; tanadagi yog‘ miqdori va qondagi gliserin miqdorlari bu ko‘rsatkichlari bari salomatlikni ko‘rsatuvchi ichki tabiiy me’yorlardir. Aynan mana shu ko‘rsatkichlar o‘z me’yorida bo‘lganda inson salomat bo‘la oladi. “Sog‘liqni saqlash ilmi”,”Sog‘lom turmush tarzi”,”Sog‘lom avlod”, ”Ruhiy salomatlik” , “Sog‘lom tabiiy muhit” konsepsiyalarining asoschisi Ibn Sinoning tib asarlaridir desak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Inson salomatligi faqat tana ichki muhitiga bog‘liq bo‘lmay, balki atrof-muhit, xilma-xil ekologik omillar, ma’naviy ta’sirlarga ham bog‘liqligi alloma nazaridan chetda qolmagan. Fikrimizni dalili sifatida, allomaning “suv sifatini aniqlash” borasidagi; “tabiiy ta’sir” hamda “tabiiyga zid ta’sirlar” borasidagi g‘oyalarini misol qila olishimiz mumkin. Insonning tabiiylikka mos ta’siri o‘z ichiga sifat jihatdan farq qiladigan ikki xil ta’sirni o‘z ichiga oladi. 1. Tabiatga mos, ya’ni tabiat bilan mutanosib bo‘lgan ta’sir; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling