2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
amalga oshiradi.
Shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatining hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi; hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, hududiy dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi; fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hududiy dasturlar loyihalarini tayyorlaydi; amalga oshirilayotgan islohotlarning ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida tegishli mavzularga bag‘ishlangan sayyor (ochiq) majlislarni e-qaror.gov.uz 12.10.2022 107 tizimli asosda o‘tkazadi; xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida, hokim huzuridagi yig‘ilishlarda ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi; tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun o‘z faoliyati sohasiga kiradigan muammoli masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganadi; davlat organlarining viloyatda joylashgan tuzilmalari bilan jamoat tashkilotlari, diniy tashkilotlar hamda milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari o‘rtasida o‘zaro aloqa va hamkorlikni ta’minlaydi; hokim tomonidan tegishli sohada islohotlarning amalga oshirilishini o‘rganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda ta’minlaydi; o‘ziga bo‘ysunadigan kotibiyat rahbari va mutaxassislarning aniq ko‘rsatkichlar, shuningdek, maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi, ularning zimmasiga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari bo‘yicha diniy bag‘rikenglik va millatlararo munosabatlarga oid belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi; hujjatlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling