2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
g) jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
g) jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan
faoliyatni izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash sohasida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5046-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlaydi; hududda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshiradi; davlat organlarining hududlarda joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan o‘zaro aloqalari va hamkorligini ta’minlaydi; hududda yashaydigan turli millat va elat vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf- odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko‘maklashadi; joylarda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil qiladi; joylarda xorijiy davlatlar bilan birodarlashgan shaharlar yo‘nalishida madaniy-gumanitar e-qaror.gov.uz 12.10.2022 106 va boshqa sohalardagi ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi; d) O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, keksalar rolini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish sohasida: keksalar va pensiyadagi fuqarolarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora- tadbirlarini amalga oshiradi; keksalar va pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy ko‘mak berish, shuningdek, har yili pensionerlardan, ayniqsa, yakka-yolg‘izlaridan xabar olish tadbirlarini tashkil etadi; yolg‘iz keksalarning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga ko‘maklashadi, ularni sanatoriy-kurortda sog‘lomlashtirish va davolanishini tashkil etadi; keksalar va pensionerlar bilan ochiq muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yadi, ularning hayotiy muhim muammolarini hal etishga yordam berish maqsadida hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilish ishlarini tashkil etadi; mahallalarda eng obro‘li otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar, imomlarni jalb etgan holda jamiyatdagi illatlarning (o‘z joniga qasd qilish, oilaviy ajrim va boshqa) kelib chiqish sabablarini aniqlash, bunday holatlarning oldini olish choralarini ko‘radi; keksa avlod vakillari tomonidan yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan g‘ayriijtimoiy holatlarni o‘z vaqtida aholi o‘rtasida muhokama qilish ishlarini Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling