2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
-bob. Viloyat hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
3-bob. Viloyat hokimi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Viloyat hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish; hududda jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy sohada muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, keksalarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorlar, hududiy dasturlar hamda “yo‘l xaritalari” loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tashkil etish; xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari, hokimlik yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rab olish; e-qaror.gov.uz 12.10.2022 108 o‘zi hamkorlik qiladigan hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning sohaga oid masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlis va yig‘ilishlarida ularning taklifi asosida qatnashish; tegishli komissiyalar (kengashlar, guruhlar)ga samarali rahbarlik qilish, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etish va qarorlarining bajarilishi, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhit bo‘yicha respublika komissiyalarining qarorlari bajarilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlash; xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida, hokim huzuridagi yig‘ilishlarda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lganda, hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish. 10. Viloyat hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling