2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan
yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy- texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini ko‘radi; xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi; hududning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan hududning interfaol investitsiya xaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi; moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflarni ishlab chiqadi; investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi; hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlaydi; Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling