e-qaror.gov.uz
12.10.2022
40
7. “Surxondaryo kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” davlat
muassasasi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan
tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi - investitsiya va
eksport masalalari bo‘yicha.
2. Tashqi ishlar vazirligining viloyatdagi hududiy bo‘linmasi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish masalalari bo‘yicha.
3. Viloyat qurilish bosh boshqarmasi - investitsiya loyihalari ekspertizasi masalalari
bo‘yicha.
4. Viloyat bojxona boshqarmasi - eksportni qo‘llab-quvvatlash va importni
optimallashtirish yuzasidan.
5 . D a v l a t a k t i v l a r i n i b o s h q a r i s h a g e n t l i g i n i n g v i l o y a t h u d u d i y
boshqarmasi – xususiylashtirish va davlat mulki ob’ektlariga investitsiyalar jalb qilish va boshqa
yuklangan vazifalar doirasida.
6. Tijorat banklarining hududiy filiallari - investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda
oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarini (“yo‘l
xarita”lari) ishlab chiqish va ularning samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish
masalalari bo‘yicha.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi
devoni xodimlari –
investorlar,
xususiylashtirilgan korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar
ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha.
8. Bosh vazirning hududlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari -
investorlar, xususiylashtirilgan korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining
murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish masalalari bo‘yicha.
9. Ilmiy tashkilotlar, innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish
va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga
oshiruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari.
10.
Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar hududiy
boshqarmasi –
investitsiyalar, innovatsion faoliyat, erkin iqtisodiy zonalar masalalari bo‘yicha.