2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar
ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni shakllantiradi; erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi; ye) kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish sohasida: kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlariga raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda ko‘maklashadi; kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishda ko‘maklashadi, zarur infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi; e-qaror.gov.uz 12.10.2022 37 hududlardagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida va bo‘sh turgan yer uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi; kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi; Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling