2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)

e-qaror.gov.uz
12.10.2022
77
fuqarolar yig‘inining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan tizimli hamkorligini
kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
fuqarolarning manfaatlariga daxl qiluvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish
va amalga oshirishda mahalliy ijroya hokimiyati organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga
oshiradi;
b) xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ularning roli va faolligini
oshirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
boshqaruv tizimiga strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari,
usullari va tamoyillarini joriy etadi;
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga
qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda
rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
xotin-qizlarning maqomini, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning
huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, huquqiy madaniyatini, jamiyat hamda oiladagi
rolini oshirish choralarini ko‘radi;
davlat organlari va jamoat tashkilotlarini jalb etgan holda yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash, ular uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish sohasida kompleks tadbirlarni
amalga oshiradi;
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda
va ularni amalga oshirishda, ularning mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish va tushuntirishda,
ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda faol ishtirok etadi;
qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini aniqlash, rivojlantirish va rag‘batlantirish
maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tayyorlash, iqtidorli, qobiliyatli
qizlar zaxirasi bilan tizimli ish olib borishni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha
mahalliy komissiyalar faoliyatini tashkil qiladi;

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling