O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
asosan viloyat hokimi o‘rinbosarining hisobotlari xalq deputatlari viloyat Kengashi
majlislarida eshitiladi.
17. Viloyat hokimi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga
erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish Mahalliy
ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim
samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi
to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Kotibiyat mudiri va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari viloyat hokimining o‘rinbosari
tomonidan tasdiqlanadi.
18. Viloyat hokimining o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash tegishli kotibiyat tomonidan
amalga oshiriladi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan
tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi.
2. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi – xavfsiz mahalla
va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari yuzasidan.
3. Tuman va shahar FHDYO organlari – oilani mustahkamlash, ajralishlarning oldini
olish, tug‘ilish va nikohni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, targ‘ibot va ma’rifat chora-
tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan.
Viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan
tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining viloyat filiali.
2. Qizil Yarim oy jamiyati viloyat kengashi.
3. “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyat bo‘limlari.
4. Mahalla fuqarolar yig‘inlari.
e-qaror.gov.uz
12.10.2022
Do'stlaringiz bilan baham: |