2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
javobgardirlar.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining e-qaror.gov.uz 12.10.2022 11 shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ - 2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 31 maydagi PQ‒5132-son qarorlari shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi. Viloyat hokimligi apparatida har hafta juma kuni ijro intizomining holatini muhokama qilib boradi. 12. Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi. 4-bob. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish 13. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, viloyat hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi. Ushbu ish rejalari asosida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. 14. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosarining hisoboti viloyat hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling