2021 йил «9» декабрь vi-38-94-9-131-K/21
Download 221.52 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-38-94-9-131-K 21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahar hokimi S.Sultonov
e-qaror.gov.uz
27.10.2022 4 ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari (N. Alimova)ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda yil yakuni bo‘yicha umumiy ma’lumot tayyorlash vazifasi yuklatilsin. 3. Shahar m ahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (R. Boyqobilov)ga: - barcha mahallalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019- yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 12-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori yetib borishini va mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq bajarilishini ta’minlasin. - mahallalardagi “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan aholini beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarga jalb etish choralarini ko‘rsin. 4. Xalq deputatlari shahar Kengashiga: - Kengash sessiyalarida beshta muhim tashabbus doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlar hisobotlarini har oyda o‘tkaziladigan sessiyalarda eshitib borish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini, xususan, mehribonlik uylarining chin yetim bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash topshirig‘i bajarilishini doimiy nazoratga olish tavsiya etilsin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining Y oshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi (O. Sariyev) zimmasiga yuklatilsin. Shahar hokimi S.Sultonov Download 221.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling