2021 ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
ma-naviy-ehtiyojlar-rivojlanishining-ijtimoiy-madaniy-omillari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 34 w www.oriens.uz April 2021 - jamiyat moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishining pastligi, inson ehtiyojlarining eng zarurlari bilan cheklanishi. Eng zarur ehtiyojlar esa juda sekin o‘sib, ikkilamchi ehtiyojlarning yuksalishiga salbiy ta’sir etadi. - jamiyatda mehnat taqsimotining, jumladan aqliy mehnat taqsimotining ham etarlicha rivojlanmaganligi – turli moddiy va ma’naviy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ehtiyojlarni oshib borishiga yo‘l qo‘ymaydi; - aholi oylik maoshlarning, daromadning pastligi, narxlarning baland, insonning har qanday eng oddiy ehtiyojlarni ham qondirishga to‘sqinlik qiladi. Odamlar o‘z daromadlarining asosiy qismini oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, kommunal to‘lovlarga sarflashga majbur bo‘lishadi, ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasdan qolib ketadi; - jamiyat ma’naviy hayotida buzg‘unchi g‘oyalarning hukmron bo‘lishi. Bu muhitda yashayotgan insonlarning asosiy maqsadi – fiziologik hamda moddiy ehtiyojlarini qondirish bo‘lib qoladi. Inson san’at, adabiyot, ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘lishi, ta’lim jarayonlarida qatnashishi, madaniy hordiq chiqarishi, ma’naviy boyliklarni yaratishi yoki o‘zlashtirishi kabi ma’naviy ehtiyojlar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, qisman qondirilishi yoki umuman qondirilmasligi mumkin. Ma’naviy ehtiyojlarning qondirilmasligi jamiyat ma’naviy hayotida turg‘unlikni yuzaga keltirib, insonlar orasida turli illatlarni: axloqsizlik, mansabparastlik, dunyoparastlik, behayolik va boshqalarni avj olishiga sabab bo‘ladi. Inson ehtiyojlarining muttasil ravishda o‘zgarib, yangilanib, yuksalib borishi jamiyat rivojlanish qonunlarida o‘z ifodasini topgan. XULOSA Ma’naviy ehtiyojlar – inson ehtiyojlarining eng oliy ko‘rinishi bo‘lib, uning mohiyatida bilimga, kamolotga intilish, yuksak ideallarga ergashish orqali o‘z-o‘zini namoyon etish va anglash yotadi. Ma’naviy ehtiyojlar jamiyat taraqqiyoti darajasini, axloqiy ideallarini, maqsad va manfaatlarning qanday g‘oyalarga yo‘nalganlik xarakterini ko‘rsatadi. U o‘z mohiyatida ijodkorlik, bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyatini jamlagan bo‘lib, ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi jamiyatning taraqqiyotiga, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy takomillashuviga vosita bo‘lib xizmat qiladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling