2021 ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
ma-naviy-ehtiyojlar-rivojlanishining-ijtimoiy-madaniy-omillari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 32 w www.oriens.uz April 2021 mumkin. Demak, mobil aloqaga muloqot bilan bog‘liq ehtiyojlarimiz ham bir necha barobar ko‘payganligiga guvoh bo‘lamiz. Ammo buni sifat jihatidan tahlil qilish qiyin. Zarur axborotni tezkor olish, etkazish, muhim masalalarda fikr almashish, muhokama qilish qatorida mobil aloqadan foydalanadiganlarning aksariyati bekorchilikdan safsata sotish, har xil maishiy masalalarda suhbat qurish, ba’zan mishmishlarni, turli g‘iybatlarni muhokama qilishga ham sarflanadi. Lekin, baribir suhbat ijobiy yoki salbiy mazmunda olib borilmasin, u muloqot ehtiyojidan kelib chiqadi. Muloqot mavzusi va mazmuni suhbatdoshlarning madaniy saviyasiga hamda qiziqishlariga bog‘liq. Ehtiyojlarning o‘sib bormasligi shaxs va jamiyat rivojining to‘xtab qolishiga, ba’zan tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Biroq ehtiyojlarning jadal sur’atda o‘sishi ularni qondirish imkoniyatidan uzilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holda muayyan ehtiyoj o‘zining haqiqiy bunyodkorlik kuchini yo‘qotib, keskin salbiy omilga aylanib qolishi mumkin. Masalan, o‘quvchining sinfdoshlari oldida afzalliklarini ortiqcha baholash unda boshqalarga nisbatan hamisha alohida, maxsus mavqeda bo‘lish ehtiyojini tug‘dirishi mumkin. Bu holat keyinchalik o‘sha bolada xudbinlik sifatlari vujudga kelishiga, boshqalarni pisand qilmaslikka, buyumparastlikka, shuhratparastlikka, yurish-turishlari va xatti-harakatlariga yuqori baho olish, nosog‘lom ehtiyojlarini qondirish uchun har qanday nopok yo‘llardan foydalanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ma’naviy ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqazo etadi: insonda bir ehtiyojning paydo bo‘lishi va qondirilishi boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, qo‘shiq kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiqchida, notalar, musiqa san’atiga oid bilimlar, qo‘shiq kuylashga oid bilimlarni bilishni taqazo etadi. Moddiy ehtiyojlar singari ma’naviy ehtiyojlarning ham tarkibi o‘zgarib, rang- baranglashib boradi. Ayrim ma’naviy ehtiyojlar vaqt o‘tishi bilan so‘nib, o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Insonning yaratuvchanlik faoliyati ehtiyojlar o‘sishiga, tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, XX asrning 90 yillari birinchi yarmida mamlakatimiz aholisining aksariyati kompyuter nima ekanligini bilmagan: elektron aloqa xizmatlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga kirib kelmagan yoki sezilarli rol o‘ynamas edi. Hozirgi paytda har bir xonadonga zamonaviy texnologiyalar kirib keldi, ular (ayniqsa, internet va teleraqamli kanallar) yordamida ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari etarli darajada. Insonlarda muloqot ehtiyojlarining yuksalishi, axborot olish uchun qulayliklar mavjudligi, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarishga (ma’naviy ehtiyojlarini qondirish) mo‘ljallanganligi, turmush qulayliklarini o‘zida mujassam etkanligi va boshqa shart- sharoitlar tufayli internet, ijtimoiy tarmoqlar, TV, mobil aloqa vositalariga, elektron o‘yinlarga, masofaviy ta’limga, onlayn rejimida o‘tkaziladigan konfrensiyalarga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling