2021 ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1135034
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma-naviy-ehtiyojlar-rivojlanishining-ijtimoiy-madaniy-omillari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
31 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
yoshlarning voyaga etishi, ular organizmining rivoji, tarbiyasi yangidan-yangi 
ehtiyojlarning shakllanishi bilan bog‘liqdir.
Ma’naviy ehtiyojlar ma’naviyatni real hayotda namoyon bo‘lishiga undovchi 
kuch, ichki pozitiv imkoniyatni amaliyotga joriy etuvchi muhim omil ekan, ularni 
ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etish dolzarb muammolardan biridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning obektivlik, tarixiylik 
va umumiylik usulidan foydalanildi. SHuningdek, ma’naviy ehtiyojlar 
rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari tizimli yondashuv asosida tahlil qilindi. 
Erkaev A. ning “Ma’naviyatning uch qonuni” nomli maqolasi va Abu Ali ibn 
Sinoning falsafiy qarashlari ilgari surilgan baxt saodat masalasi haqidagi ilmiy 
maqolalar metodologik manba bo’lib belgilandi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak, inson ehtiyojlari yuksalib 
borishini ko‘ramiz. Ilm-fanda ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat 
hayotining to‘xtashini bildiradi, deya e’tirof etildi. Ehtiyojlar o‘smaganda, ishlab 
chiqarishni, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy ettirishiga zarurat tug‘ilmas edi. 
Ehtiyojlarning, shu jumladan, ma’naviy ehtiyojlarning yuksalib borishi turli 
yo‘nalishda amalga oshadi.
Ehtiyojlar qat’iyan tabaqalashgan bo‘ladi. Individual ehtiyojlarning yuksalishi 
kishilarning odati, didi, ruhiyati, yoshi, jinsi, jismoniy tuzilishi, oilaviy ahvoli, 
millati, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Bu sotsiumning yuqori 
darajalari ehtiyojlariga ham taalluqli. YOshlarning musiqa tinglashga bo‘lgan ehtiyoji 
yoshi kattalarnikidan, qishloqda yashaydigan inson bilan shaharlik o‘rtasida, 
o‘qituvchi bilan harbiy xizmatchi ehtiyojlari o‘rtasida, ayollar hamda erkaklarning 
ehtiyojlari o‘rtasida, o‘ziga to‘q xonadon vakilining ehtiyojlari o‘rtahol oila 
vakilining ehtiyojlaridan ba’zan ancha farq qiladi. 
Jamiyat taraqqiy etish jarayonida ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar kabi 
o‘sib boradi: odamlarning turmush farovonligi oshib, yangi bilimlarga, axborotlarga, 
muloqotga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, o‘z imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarishga nisbatan qiziqish kuchayadi. Bundan tashqari, aholi sonining o‘sishi 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlar miqdoran ko‘payishini taqozo etadi. Masalan, 
O‘zbekistonda aholi soni 2010 yilga (28.01 mln.) nisbatan hozirgi paytga (34.56 mln) 
kelib 20%ga ko‘paydi. Agar individual ehtiyoj o‘zgarmadi deganimizda ham, 
jamiyat miqyosida ehtiyojlar (moddiy, sotsial, ma’naviy) ancha ortgan. Lekin, 
ehtiyojlar o‘sishi moddiy va ma’naviy iste’mol miqdori ortishini emas, balki sifat 
ko‘rsatkichlari yaxshilanishini bildiradi. 2010 yilga nisbatan yurtimizda mobil aloqa 
vositalariga talab bugungi kunda bir necha marotaba oshganligini ko‘rishimiz 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling