Inson ehtiyojining cheksizligi va resurslarning cheklanganligi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak ehtiyojlarni yuksalib borishini ko’ramiz.
Ehtiyojlarni uzluksiz o’zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda insonning ehtiyoji
cheksizligi, doimo yuksalib borishi allaqachonlar qayd etilgan. Qondirilgan ehtiyoj yangi
ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko’zi tuproqqa to’lganda to’yadi» degan naql
kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Hozirgi nazariyachilar ehtiyojlar cheksiz, ular o’sishining
to’xtashi, jamiyat hayotini to’xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o’smaganda edi.
ishlab chiqarishni taraqqiy etishiga zarurat bo’lmas edi.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo’nalishda amalga oshadi.
1. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o’sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining
ko’payib borishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, iste’molni ortishi bilan bog’lik.
Masalan, O’zbekistonda aholi soni 1990 yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 martaga
ko’paydi. Agar individual ehtiyoj o’zgarmadi deganimizda ham jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2
martaga ortgan. Lekin biz bilamiz odamlarni ehtiyojlari ortib boradi. Masalan, xar 100 oilaga
to’g’ri keladigan engil avtomobillar soni 1,3 martaga ko’paydi. Demak avtomobilni
ekspluatatsiyasi bilan bog’liq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko’paydi.
Ehtiyojlar tarkibi o’zgarib, ko’payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo’qolib, o’rniga yangisi
keladi, lekin yo’qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladiganlari ko’p. Ishlab
chiqarishning o’zi ehtiyojlarni o’sishiga, tarkibini o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan,
XX asrning 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishmagan. Hozirgi paytda har bir
xonadonda televizor bor, Ayrimlarida esa 2-3 tadan. Ko’plab bunday misollarni keltirish
mumkin.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko’payib sifat jihatdan o’zgarib
boradi. Mutloqo yangi extiyojlar vujudga keladi, eskilari o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |