2021 ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana28.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1135034
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ma-naviy-ehtiyojlar-rivojlanishining-ijtimoiy-madaniy-omillari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
33 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
muhokama-munozaralarga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib boraveradi, ular bilan bog‘liq yangi 
ehtiyojlar paydo bo‘laveradi. 
SHuning uchun ma’naviy ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, rang-
baranglashib, sifat jihatdan yangilanib boradi. Masalan, keng aholi o‘rtasida 
grammafon, patefon, tasmali magnitafonlarga nisbatan ehtiyojlar deyarli yo‘qoldi. 
Boshqa bir misol, mobil aloqa vositalari orasida tugmachali telefonlar o‘n yil oldin 
odamlar orasida “urf”da edi. Bugungi kunda yaratilayotgan zamonaviy smartfonlar 
hamda flagmanlarda juda ko‘plab funksiyalarning joylashtirilishi, bir vaqtning o‘zida 
bir nechta murakkab vazifalarni bajara olishi ularga bo‘lgan ehtiyojlarining ortishiga 
sabab bo‘ldi. Bu erda faqat yuqori texnologiyalarga asoslangan buyumga emas, 
ko‘proq uning bir vaqtda bajara oladigan imkoniyatlariga nisbatan ehtiyojlar vujudga 
keldi, shakllandi desak, xato bo‘lmaydi. Oddiy suhbatga bo‘lgan inson ehtiyojni 
qondirish imkoniyati ikkala qurilmada ham bir xil, lekin, smartfonda funksiyalarning 
ko‘pligi insonning yanada yuksakroq ehtiyojlarni paydo bo‘lishiga xizmat qildi.
SHuningdek, fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, undagi ilmiy yutuqlar aholi 
turmush tarzi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. YAngi turdagi moddiy va 
ma’naviy mahsulotlarni ishlab chiqarish – insonlar ehtiyojlarini qondirish bilan bir 
qatorda yangi ehtiyojlar vujudga kelishiga zamin yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish 
rivojlanishi turmush farovonligini, binobarin, odamlarning maishiy va madaniy 
ehtiyojlari usishi uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish 
texnologiyalarini takomillashtirishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga, ijtimoiy-
iqtisodiy qonunchilik asoslari rivojlanishiga ehtiyojlarni paydo qiladi. 
Ishlab chiqarish ma’naviy ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida 
ma’naviy ehtiyojlar ham moddiy hamda ma’naviy ishlab chiqarishga ta’sir etadi:
1. Ma’naviy ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ma’naviy ehtiyojlar yaratuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, yangi turdagi ehtiyojlar, 
ularni qondirishga xizmat qiluvchi vositalarni yaratish uchun poydevor bo‘ladi. Bilim 
olishga, o‘qishga bo‘lgan ehtiyojlar – kitob ishlab chiqarishni, san’atga bo‘lgan inson 
ehtiyojlari – teatr, musiqa asboblari, ijro etuvchi jamoalar, filarmoniyalar, estrada, 
kinofilmlar, tasviriy san’at asarlari, raqs hamda san’at sohalari mutaxassislarini 
etishtirishni talab etadi.
2. Ma’naviy ehtiyojlar doimo yuksaklikka intiladi, inson faoliyatini ham shunga 
moslashtiradi. Inson yanada mukammalroq, yaxshiroq, qulayroq, go‘zalroq buyumni 
yoki san’at asarini yaratishga intilishi, yanada teranroq va kengroq, aniqroq bilimni 
egallashga, yanada mukammalroq texnikaviy asbob-uskunalarni ixtiro etishga 
urinishi, turmush darajasini yanada yaxshilashi, farovonlikka erishish niyatidagi 
harakati va faoliyati ma’naviy ehtiyojlar yuksalishiga sabab bo‘ladi [1: 39]. 
Jamiyat ma’naviy hayotida inson ma’naviy ehtiyojlarining o‘sishiga aks ta’sir 
etuvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilar: 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling