2021 ustrushona vohasi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ustrushona-vohasi-o-troq-va-ko-chmanchi-xalqlar-o-rtasidagi-moddiy-madaniy-va-ijtimoiy-aloqalarni-bog-lovchi-makon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahail va natijalar
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 545 w www.oriens.uz April 2021 Tadqiqot metodologiyasi Mavzuni tadqiq etish jarayonida qiyoslash, tizimli tahlil, tavsifiylik, tarixiylik, tarixiy-qiyosiy tahlil usullari qo‗llanilgan. Izlanish muammolarini hal qilish jarayonida arxeologik tadqiqotlar natijalari, tarixchi olimlarimizning olib borgan izlanishlari, olimlar tomonidan chop etilgan materiallar, chet el arxeologlari tadqiqot natijalari, etnologlar tomonidan topilgan buyumlarning tasniflari va chop etilgan materiallar statistik asos bo‗lib xizmat qiladi. Tahail va natijalar O‗rta asrlar O‗rta Osiyoning ikki xil madaniyati turmush tarziga mansub o‗troq dehqon va chorvador ko‗chmanchi xalqlarning moddiy madaniy xususiyatlarini yanada yaqinlashuvi, etnik jihatdan aralashuvning kuchayganligi ijtimoiy-iqtisodiy jabxalarda o‗zaro tasir doirasini kengaygani bilan xarakterlanadi. Aslida bu jarayonlarning boshlang‗ich nuqtasi biz o‗rganayotgan davrdan ancha ilgari eramizdan avvalgi ming yillikning oxirgi asrida Sirdaryoning quyi va o‗rta oqimi xavzasida vujudga kelgan o‗ziga xos cho‗l madaniyati muqaddimasi bilan bog‗liqdir. Keyingi davrlarda O‗rta Osiyoning o‗troq vohalariga kuchli tasir ko‗rsatgan bu madaniyatning ijodkorlari Kang davlati aholisi kang‗arlar bo‗lsa ajab emas. CHunki turkiy zabon xalqlarning Movarounnahr va Xorazmning ichki hududlariga yoyilishi ana shu madaniyat izlari bilan bog‗liqligi kuzatilmoqda. Ma‘lumki, yangi eraning III - IV asrlarida cho‗l xalqlarining ―buyuk ko‗chish davri‖ boshlanadi va buning natijasida O‗rta Osiyoning katta hududiy birliklariga yangi aholi turkumlari kirib kelgan va ommaviy tarzda o‗troqlashgan. SHuningdek, bu davrda Szin sulolaviy yilnomasining xabariga ko‗ra Kangiy o‗z markaziy qarorgohini Sirdayo sohilidan janubga Sug‗dga ko‗chirgan ―buyuk ko‗chish‖ Kangiy qarorgohi joyini janubga o‗zgar tirilishi vaqti tarix sanasida kidariy xioniy eftaliylarni shaydo bo‗lgan vaqt bilan hamda O‗rta Sirdaryo xalqlari madaniyatini qo‗shni regionallarga tasir doirasini kuchayganligi bilan dearli bir vaqtda sodir bo‗lgan jarayonlardir 5 . Bu esa mazkur elat va qabilalarni etnik tarkibi qon qardoshlik urug‗doshlik iplari bilan bog‗langanligi ehtimoli borligini bildiradi. Darhaqiqat, arxealogik materiallarni taxlili ham milodiy II-III asrlardan boshlab ―Qovunchi madaniyati ―ning tasiri dastlab chegaradosh Ustrushona va Farg‗ona vodiysiga keyinroq Sug‗dning markaziy rayonlariga tarqalganligini ko‗rsatadi. Milodiy IV-V asrlarda esa ―Qovunchi madaniyati‖ga tegishli moddiy madaniy namunalari Buxoro vohasida Qashqadaryoda xatto Surxandaryo 5 Грицина А.А. Уструшанские были. T., 2002 г. 73 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling