2022 abdulla qodiriy qahramonlarida individual nutq talqini madirimov Baxram


Download 235.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana24.06.2023
Hajmi235.59 Kb.
#1653679
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
abdulla-qodiriy-qahramonlarida-individual-nutq-talqini

TAHLIL 
 
Badiiy asarlarda ifodaviylikni, qahramon ichki kechinmalarini yaxshiroq qilib 
kitobxonlarga yetkazish uchun Abdulla Qodiriy asar davomida qahramonlar badiiy 
nutqini induviduallashtirishdan foydalangan. “”Mehrobdan chayon” romanining 
qahramonlari avvalgi roman qahramonlaridan ancha farq qiladi.
Ikkinchi romandan yozuvchi xalq hayotining kuyi va o‘rta tabaqa vakillarining 
turmush tarzini, umid va orzularini tasvirlaydi. Ular turmushining rohatidan ko‘ra 
1
Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti. Toshkent., “O‘qituvchi”, 2019-yil. 24-25.
2
Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti. Toshkent., “O‘qituvchi”, 2019-yil. 27 
3
Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent., “Sharq”. 2004. 143 
4
Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti. Toshkent., “O‘qituvchi”, 2019-yil. 276. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
663 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
mashaqqatini, adolatidan ko‘ra malolatini, chuchugidan ko‘ra achchig‘ini ko‘proq 
totib ko‘rishgan. Anvar tug‘ilgan oilani oling. Bahmalbop mahallasida g‘arib Salim 
bo‘yoqchi oilasida oltinchi farzand ”chaqirilmagan mehmon” bo‘lib dunyoga keladi. 
Ochlik, yalang‘ochlik – bu oilaning doimiy hamrohi. Ba’zi oilalarda farzandlarni 
sabrsizlik bilan katta tantana sifatida kutib olinsa bu oilada u katta tashvish keltiradi. 
Oiladagi doimiy yo‘qchilik, Salim bo‘yoqchining hamisha ”yarim belidan Nil suviga 
cho‘milib yotgan”i uni hastalikka giriftor qiladi va yosh o‘lib ketadi, Anorbibi ham 
ro‘zg‘or toshining og‘irligidan qirq yoshlarda hayotdan ko‘z yumadi. Oila tutday 
to‘kiladi: ba’zi farzandlar o‘lib ketadilar. Anvarning ikki katta og‘asi Temir va Qobil 
Samarqand va Buxoroda darbadarlikda kun kechirishadi, Anvar Solih Mahdum uyida 
asrandi farzand sifatida qo‘nim topadi va uning ta’lim-tarbiyasidan, muruvvatidan 
bahramand bo‘ladi. Biroz bo‘lsada, hayot unga kulib boqadi. Anvar shu oilaning 
to‘ng‘ich farzandi Ra’no bilan voyaga yetadi.
U ziyrak, ilmga chanqoq, qobiliyatli, shu bilan birga o‘ta kamtar yigit.”
5
.Har bir 
qahramonning o‘ziga xos ifodalarini tushunishda ijodkor mohirlik bilan har bir 
qahramonning nutqini turli ifodalar bilan bezaydi. Asarda muallif nutqi, personaj 
nutqi, ichki nutq, monolog, dialog, o‘zganing nutqi orqali nutqning ifoda vositasi 
sifatida xizmat qilayotganiga guvoh bo‘lamiz. Muallifning personaj nutqi bilan 
uyg‘unlashib ketgan nutqini kuzatsak, bunda qahramon nutqiga oid so‘zlar muallif 
nutqi bilan uyqashib ketganiga guvoh bo‘lasiz. Muallif qahramon nutqi orqali 
o‘zining dunyoqarashi, fikri, mulohaza va o‘ylarini ifodalaydi. Ko‘pincha nutq orqali 
asar qahramoni xarakteri uncha anglashilmaydi. Dialogik nutqlardagi voqebandlik 
asosida biz aynan qahramon xarakterini ochiq-oydin ko‘rishimiz mumkin. Endi asar 
asosiy qahramonlari bo‘lgan Anvar va Ra’no obrazi, ularning ichki kechinmalari-yu, 
nutq induviduallashtirilganligiga to‘xtalamiz: Adabiyotshunos Begali Qosimov 
fikriga qaraganda: “Mehrobdan chayon”dagi eng maftunkor juftlik – Anvar va Ra’no 
obrazlari adabiyotshunoslikda ko‘p muhokama qilingan. Bu muhokama, talqin va 
tahlillar tarixi kuzatilsa, har xil fikrlar, turli mulohazalar uchraydi
6
. Faraz 
qilaylik, ”Mehrobdan chayon” romanidagi Anvar va Ra’no obrazlarining qaysidir 
qirralari tarixiy shart-sharoitga, real hayotga mos kelmaydi
7
.
Quyidagi Anvar bilan Ra’no nutqiga e’tibor qaratsak: 
– Tinchlikmi? 
– Betinchilk, - dedi kulib Ra’no. 
5
Begali Qosimov. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent., “Ma’naviyat”. 2004-yil. 269. 
6
Begali Qosimov. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent., “Ma’naviyat”. 2004-yil. 57. 
7
Begali Qosimov. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent., “Ma’naviyat”. 2004-yil. 64. 



Download 235.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling