2022 йил «15» март 185-4-0-Q/22


Download 200.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.01.2023
Hajmi200.76 Kb.
#1140371
Bog'liq
185-4-0-Q 22



e-qaror.gov.uz
16.08.2022
1
2022 йил «15» март
185-4-0-Q/22
Қашқадарё вилояти ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va
xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni
to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va
xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ijrosini ta’minlash
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyat
to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila
va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada
jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ma’lumot va
ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:
2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va
ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy
dastur 1-ilovaga muvofiq;
2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va
ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy
dasturni 2022-2023-yilarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin va ijroga
yo‘naltirilsin.
3. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari (R.Yuldashev), (K.Karomova),


e-qaror.gov.uz
16.08.2022
2
viloyat Moliya bosh boshqarmasi (F.Yusupov) viloyatdagi oliy ta’lim
muassalari bilan birgalikda 2022-yilning 1-sentabriga qadar davalat oliy
ta’lim muassasalarning magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul
qilingan va ta’lim olayotgan xotin qizlarning ro‘yxatini shakllantirsin va
2022-yilning 1-oktabriga qadar kontrakt to‘lovlarini qoplab berish;
Har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyalariga ko‘ra
ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontrakt pullarini mahalliy
budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borish
choralarini ko‘rsin.
4. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (N.Erkayev), Xalq
deputatlari viloyat Kengashi (O.Ravshanov) 2022-yil 1-iyulga qadar
tumanlarda mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylari ro‘yxatini
shakllantirsin va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligiga taqdim etsin.
5. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (N.Erkayev), viloyat
hokimining o‘rinbosarlari (R.Yuldashev), (K.Karomova), Viloyat Moliya
bosh boshqarmasi (F.Yusupov) viloyatdagi tegishli tashkilotlar bilan
birgalikda 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy
va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy
dasturni 2022-2023-yilarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlar rejasiga muvofiq o‘z muddatida tadbirlarni amalga oshirib borsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi
o‘rinbosari N.Erkayev, viloyat hokimining o‘rinbosari K.Karomovalar
zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi v.b.
M.Azimov

Download 200.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling