2022-yil Mavzu: Ishbilarmonlar o’yini va aqliy hujum. Reja
Download 74.44 Kb.
|
Muhandislik ijodkorligi asoslari Mustaqil ish Aqliy hujum” metodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Ishbilarmonlar o’yini. Aqliy hujum usuli. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
- Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi
- Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar
- Aqliy hujum” metodining tuzilmasi. “Aqliy hujum” metodining bosqichlari “Aqliy hujum” metodining afzalliklari
- “Aqliy hujum” metodining kamchiliklari
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI Kafedra: ________________________ MUSTAQIL ISH Fan:_____________________________________ Bajardi:__________________________________ Qabul qildi:______________________________ 2022-yil Mavzu: Ishbilarmonlar o’yini va aqliy hujum. Reja: Ishbilarmonlar o’yini. Aqliy hujum usuli. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Ishbilarmonlik o’yini - qandaydir bir vaziyat va bu vaziyatdagi odamni xattiharakati ishlab chiqiladi. Vaziyatning tafsiloti, ishtirok etuvchilarning vazifa va majburiyatlarini, maqsadlari ko’rsatilgan senariy tuziladi. Bu yerda, ma’lum shaxsning haqiqiy qiyofasiga kirib borish, uning xatti-harakatlarini anglash, vaziyatni baholash va to’g’ri hatti-harakatni tanlash, muhim hisoblanadi. Psixodrama va sostiodrama - bu rolli o’yinga, ishbilarmonlik teatriga o’xshagan bo’lib, faqat bu erda sotsial-psixologik masalalar yechiladi. Bunday masalalar jumlasiga jamoadagi vaziyatni his qila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to’g’ri baholash va uni o’zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi. Bu bosqich o’z navbatida ikki qismdan iborat: o’yinni ishlab chiqish, o’yinga kirishish. O’yinni ishlab chiqish - o’yin senariysini ishlab chiqish, yo’riqnomalar tuzish va moddiy ta’minotni ta’minlashni o’z ichiga oladi. Ishbilarmonlik o’yini, senariysi quyidagilardan iborat: o’quv maqsadi; o’yin vazifasi, o’rganiladigan muammo tafsiloti; vaziyatning tafsiloti va ishtirok etuvchilarning tasnifi. “Aqliy hujum” usuli prinsipi juda sodda: Bir guruh ishtirokchilarni to’plab, ular oldiga biror muammoli vazifa qo’yiladi va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z yechimlarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so’raladi. Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilardan g’oyasini, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas. “Aqliy hujum” usulini qo’llashning asosiy qoidalari:
Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki “pinbord” doskasiga (ignalaryordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod toʻgʻri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shujumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib boorish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilarda oʻz fikrini faqat ogʻzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli gʻoyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’limoluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi; mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keying mavzu bilan bogʻlash maqsad qilib qoʻyilganda, yangi mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi; oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda mavzudan soʻng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. “Aqliy hujum” metodini qoʻllashdagi asosiy qoidalar: Bildirilgan fikr-gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. Bildirilgan har qanday fikr-gʻoyalar, ular hatto toʻgʻri boʻlmasa ham inobatga olinadi. Har bir ta’limoluvchi qatnashishi shart. “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi. “Aqliy hujum” metodining bosqichlari “Aqliy hujum” metodining afzalliklari: Natijalar baholanmasligi ta’limoluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga olib keladi; ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; fikr-gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi; ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati mavjud; ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi. “Aqliy hujum” metodining kamchiliklari: ta’lim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik; ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. Download 74.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling