2022 yil Mustaqil ta’lim ish kundaligi Fan Kiberxavfsizlik asoslari Guruh: ki-s21-05 Talaba: Raxmatov Asadbek Rahbar: Rahmatullayev Ilhom Samarqand-202 y


-modda. Axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi va uning haqqoniyligi


Download 118.75 Kb.
bet4/8
Sana04.01.2023
Hajmi118.75 Kb.
#1077184
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mustaqil ish

7-modda. Axborotdan hamma erkin foydalanishi mumkinligi va uning haqqoniyligi
Axborot undan hamma erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlangan va haqqoniy bo‘lishi kerak.
Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat, haqorat qilish va raqobatchini obro‘sizlantirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. To‘liq ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 139140158 va 192-moddalariga qarang.
Axborot mulkdori, egasi axborot berishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Axborot erkinligi kafolatlari
Davlat har kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqini himoya qiladi. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab axborot olish huquqi cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda har kimga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 118.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling