2022 yil Mustaqil ta’lim ish kundaligi Fan Kiberxavfsizlik asoslari Guruh: ki-s21-05 Talaba: Raxmatov Asadbek Rahbar: Rahmatullayev Ilhom Samarqand-202 y


Download 118.75 Kb.
bet5/8
Sana04.01.2023
Hajmi118.75 Kb.
#1077184
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mustaqil ish

9-modda. Axborot olish tartibi
Har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma shakldagi, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shakldagi so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Yozma so‘rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili (yuridik shaxslarning esa rekvizitlari) hamda so‘ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko‘rsatilishi lozim. So‘rovlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga qarang.
Yozma so‘rovda murojaat etuvchining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Yozma so‘rovga, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuborilgan so‘rovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay javob berilishi kerak.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Og‘zaki so‘rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.
So‘ralayotgan axborotni ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etishning iloji bo‘lmagan taqdirda axborot olish uchun murojaat etgan shaxsga uni taqdim etish kechiktirilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
So‘ralayotgan axborotni taqdim etishni kechiktirish so‘rov berilgan sanadan e’tiboran ikki oydan ortib ketmasligi lozim. Taqdim etish kechiktirilganligi to‘g‘risidagi xabar axborot so‘rab murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran bir hafta muddat ichida yuboriladi.
Taqdim etish kechiktirilganligi to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
so‘ralayotgan axborotni vaqtida taqdim eta olmaslik sabablari;
so‘ralayotgan axborot taqdim etiladigan sana.
Agar so‘rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, axborot so‘rab murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda ma’lum qilishi shart.
Axborot berganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasiga asosan murojaat etuvchining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning so‘roviga binoan tekinga beriladi. Boshqa axborotni berganlik uchun tomonlarning kelishuviga muvofiq haq olinishi mumkin.

Download 118.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling