2022 yil Mustaqil ta’lim ish kundaligi Fan Kiberxavfsizlik asoslari Guruh: ki-s21-05 Talaba: Raxmatov Asadbek Rahbar: Rahmatullayev Ilhom Samarqand-202 y


-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi


Download 118.75 Kb.
bet8/8
Sana04.01.2023
Hajmi118.75 Kb.
#1077184
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mustaqil ish

15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar yuzasidan iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda foydalanilishidan muhofaza qilish;
O‘zbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga va zamonaviy telekommunikatsiyalar tizimlariga integratsiyalashuvi;
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoxud tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishidan himoya qilish;
urushni va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni targ‘ib qilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uyg‘otishga qaratilgan terrorizm va diniy ekstremizm g‘oyalarini yoyishni o‘z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155218-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 143-moddaciga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I. KARIMOV
Download 118.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling