2023 Mexanik tebranishlar Reja: Garmonik tebranma harakat Mayatniklar Erkin va so’nuvchi tebranishlar
Download 0.59 Mb.
|
Mexanik va garmonik Tebranishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mexanik tebranishlar
- Fizik mayatnik
2023
Mayatnik Mayatnik Muvozanat holatidan chiqarilgan va tashqi kuchlar ta’sirida bo‘lmagan mayatniklarning tebranishlariga erkin tebranishlar yoki xususiy tebranishlar deyiladi. Mayatniklarning erkin tebranishlari faqat ishqalanish bo‘lmagan hollardagina garmonik tebranishlar bo‘la oladi. Mayatnik deb og‘irlik markazdan o‘tmagan ixtiyoriy o‘q atrofida tebrana oladigan har qanday qattiq jismga aytiladi. Mayatniklarning eng sodda turi matematik mayatnikdir. Matematik mayatnik deb vaznsiz ingichka cho‘zilmaydigan ipga osilgan, ma’lum massali moddiy nuqtadan iborat sistemaga aytiladi. Juda kichik shar osilgan ingichka ipdan tashkil topgan mayatnik amalda matematik mayatnik bo‘la oladi х Mayatnik Matematik mayatniknig siklik chastotasi: Matematik mayatnikning tebranishi garmonik bo‘lganda uning tebranish davri: Erkin, so‘nmas tebranishlarning siklik chastotasi: Mexanik tebranishlar Majburiy tebranishning amplitudasi tebranayotgan sistemaning xossalariga, majburiy kuchning amplitudasi va chastotasiga, hamda sistema xususiy chastotasining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Sistemaga ta’sir qiluvchi majburiy kuchning chastotasi o‘zgarganda uning amplitudasi ham o‘zgaradi. Davriy ravishda o‘zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning xususiy chastotasiga yaqinlanishi bilan majburiy tebranishning amplitudasi ortadi va chastotalar teng bo‘lganda u maksimal qiymatga erishadi. Tebranayotgan sistemaga ta’sir qiluvchi davriy o‘zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning xususiy tebranish chastotasiga tenglashganda majburiy tebranish amplitudasining keskin o‘sishiga rezonans deyiladi.Rezonans hodisasi tabiat va texnikada katta amaliy ahamiyatga ega. Rezonans hodisasi faqat mexanik hodisalardagina emas, hatto elektrotexnikada, optikada va yadro fizikasida ham foydalaniladi. Radiopriyomnik, televizor va hokazolarning ishlashi rezonans hodisasiga asoslangandir. Fizik mayatnik: Fizik mayatnik deb inertsiya markazidan o’tmaydigan qo’zg’almas aylanish o’qi atrofida og’irlik kuchi ta‘sirida harakatlana oladigan qattiq jism tushuniladi. Fizik mayatnik Fizik mayatnikning tebranish davri quyidagicha bo’ladi: J – inertsiya momenti, m – jism massasi, h – fizik mayatnikning osilish o’qidan inertsiya markazigacha bo’lgan masofa, g –erkin tushish tezlanishi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling