2023-yil 27-aprel Limonzor mfy


Download 20.36 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi20.36 Kb.
#1622902
  1   2
Bog'liq
@ 42-м uqituvchiga hujjat Maktab buyuruq


Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Bandixon tumani MMT bo’limi tasarrufidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining -sonli buyrug‘i

2023-yil 27-aprel Limonzor MFY


“O‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”





  1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 6-mart kungi “2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 46-sonli hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2023-yil 10-aprel kungi 22-sonli va Bandixon tumani MMT ta’limi bo‘limining 2023-yil 18- aprel kungi -sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda o‘quv mashg‘ulotlari 2022-yil 25-mayda tugallanishi belgilab qo‘yilsin.

  3. 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno).

  4. Maktabning 9-sinf o‘quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2023-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o‘tkazilsin.

  5. Yakuniy nazorat imtihonlarini o‘tkazish uchun imtihon komissiyasi 1-ilovaga muofiq tuzilsin.

  6. Maktab o‘quvchilarining davlat ta'lim standarti asosida egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun og‘zaki, yozma yoki test sinovlari shaklida davlat attestatsiyasi shaklida yakuni (bitirish) nazont imtihonlari 2-ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilsin.

  7. Imtihon komissiyasiga:

  • yakuniy nazorat imtihonlarini shaffof, adolatli, xolis o‘tkazilishini nazoratga olish;

  • 9-11-sinflar o’rtasida tanlov fanlarini aniqlash va 11-sinflarda maktab tomonidan tanlanadigan fanni o‘quvchilar va ota-onalarni fikrlarini inobatga olib tanlash;

  • imtihon o‘tkazilish arafasida har xil pul yig’imlarini yig‘maslik bo‘yicha nazorat o‘rnatish;

  • imtihon natijalari yuzasidan maktabning pedagogik kengashida va kuzatuv kengashida axborot berib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. O‘IBDO‘ B.Qareyevga:

  • o‘quvchilarining yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoitlar yaratish;

  • o‘quvchilarni tanlov fanlardan tanlagan fanlari bo‘yicha imtihon o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;

  • yakuniy nazorat imtihonlarini o‘tkazish sanasi va xonalarini belgilangan tartibda tuzib chiqish vazifalari yuklatilsin.

  1. Fan o‘qituvchilariga:

  • o‘quvchilarining yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun konsultatsiya jadvaliga muofiq o’quvchilarni tayyorlash;

  • imtihon natijalari yuzasidan holis adolatli baholash vazifalari yuklatilsin.

  1. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.




Download 20.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling