2023-yil 5-6-may kunlari boʻlib oʻtadigan "Janubiy Orolboʻyi arxeologiyasi, etnografiyasi, manbashunosligi va tarixshunosligining dolzarb masalalari"


Download 93.5 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1478109
Bog'liq
Saribay ag\'ag\'a tabislar tilep



AXBOROT XATI

Hurmatli ishtirokchilar, Sizlarni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2023-yil 5-6-may kunlari boʻlib oʻtadigan "Janubiy Orolboʻyi arxeologiyasi, etnografiyasi, manbashunosligi va tarixshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.


Xalqaro konferensiyaning maqsad va vazifalari: Markaziy Osiyo va jahon sivilizatsiyasi tarixidagi Janubiy Orolboʻyi xalqlarining o‘rni va ahamiyati, arxeologiyasi, etnologiya, manbashunosligi va tarixshunoslik masalalari, moddiy madaniyati va ma’naviyatiga doir masalalari toʻgʻrisida zamonaviy qarash va yondashuvlar asosida o‘rganish, qadimgi Janubiy Orolboʻyi xalqlarining sivilizatsiyasi tarixiga oid yangi maʼlumotlar, oʻrta asrlar va yangi davrlar tarixining oʻrganilish holati va qiyosiy tahlil natijalarini yoritish, mintaqa xalqlarining xolis va haqqoniy tarixini yaratish masalalarini koʻrib chiqishdan iborat. Shuningdek, Janubiy Orolboʻyi arxeologiyasi, etnografiyasi, tarixi va tarixshunosligining dolzarb masalalariga doir mavzularni oʻqitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurati, tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, Janubiy Orolboʻyida turizmni rivojlantirish jarayoniga taqdim etish uchun xulosa va takliflar tayyorlashdan iborat.


.
Anjumanda qatnashish uchun quyidagi yoʻnalishlarda maqolalar qabul qilinadi:
Shoʻba 1. Janubiy Orolboʻyi arxeologiyasi va etnografiyasiga doir yangi tadqiqotlar;
Shoʻba 2. Janubiy Orolboʻyi xalqlari manbashunosligi va tarixshunosligining dolzarb masalalari;
Shoʻba 3. Orolboʻyi xalqlari tarixi boʻyicha dolzarb tadqiqotlar;
Shoʻba 4. Janubiy Orolboʻyi xalqlarining tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish;


Maqolani rasmiylashtirish talablari:
– Maqolalar anjuman yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
– Maqola annotatsiya, kalit so‘zlar va asosiy matndan (kirish, asosiy qism, natijalar va xulosa) iborat bo‘lishi va quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanishi kerak:
- 4 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz) 5-7 qatorli rezyume yoki annotatsiya;
- kalit so‘zlar 8-12 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak;
– Matn (Microsoft Word, Times New Roman, harf oʻlchami – 14) oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi. Chet ellik mualliflar maqolalarini ingliz va rus tillarida yuborishi mumkin.
– Matn oʻlchami – 4 - 8 betgacha, qogʻoz oʻlchami – A4, oraliq – 1,5; betning chap chegarasi – 30 mm, oʻng, yuqori va pastki chegaralari – 20 mm.
– Matnning boshlanishi: maqola sarlavhasi, muallif (ismi, familiyasi, rasmiy lavozimi, ilmiy darajasi).
– Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati matn soʻngida keltirilib, havola kvadrat qavs shaklida ([1.12] birinchi - adabiyot raqami, ikkinchi - adabiyot beti) beriladi.
Matnda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va aniqligiga muallif yoki mualliflar javobgar hisoblanadi.
–Maqolada hammualliflar soni 3 tadan oshmasligi kerak.
Maqola va tezislar elektron shaklda har bir shoʻba nomi koʻrsatilgan va muallif familiyasi, ismi bilan nomlangan holda taqdim etiladi (Namuna: 1-shoʻba: R. Bazarbaev).
ESLATMA: Berilgan maqolalar ekspertlar tahlilidan oʻtadi. Ilmiy-amaliy anjuman mavzusi va nashr talablariga javob bermaydigan, ekspertlar tahlilidan oʻtmagan maqolalar matni qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Anjuman materiallari 2023-yil 25- aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

  • Xalqaro konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, qaraqalpoq, rus, ingliz.

  • Maqolalarning to‘lov badali bir beti uchun 15 ming so‘m.

–Maqolasi qabul qilingan ishtirokchilarga toʻplam elektron shaklda tarqatiladi. Anjuman ishtirokshilari Sertifikat bilan taqdirlanadi.

  • Anjumanga xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlari, oliy ta’lim muassasalarining mahalliy olimlari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, yosh mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar tomonidan taqdim etilgan maqolalar qabul qilinadi.

Maqola matni va ariza NDPI-Tarix-2023conference@gmail.com elektron pochtasiga yoki @Janubiy Orolboyi tarixi 2023conference telegram manziliga yuborilishi kerak.

Xalqaro konferensiya haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni konferensiya tashkiliy


qoʻmitasi telefon raqamlari orqali olish mumkin: +998 (91) 301 04 39; +998 (97) 769 72 43; +998 (91) 388 56 77; +998 (91) 382 02 68; +998 (91) 389 41 77.


Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi, raqamsiz uy.
"Janubiy Orolboʻyi arxeologiyasi, etnografiyasi, manbashunosligi va tarixshunosligining dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilari uchun 


Ariza formasi
Davlat
Muallif (hammuallif)
Ish joyi
Lavozimi
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
Maqola sarlavhasi
Xalqaro konferensiya yo‘nalishi
Aloqa telefon raqamlari
Elektron pochta manzili


Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling