Tashqi savdo balansining qoldig’i
|
|
|
-75
|
Xizmatlar
|
+85
|
-97
|
-12
|
Investitsiyalardan daromadlar (foizlar va divedentlar)
|
+28
|
-20
|
+8
|
Transfert ko‘rinishidagi pul o‘tkazmalari
|
+10
|
-18
|
-8
|
Joriy operatsiyalar bo‘yicha balansning qoldig’i
|
|
|
-87
|
Kapital harakatining hisobi
|
|
|
|
Investitsiyalar va boshqa o‘rta va uzoq muddatli kapital
|
+150
|
-87
|
+63
|
Kapital harakati balansining qoldig’i
|
|
|
+63
|
Joriy operatsiyalar va kapital harakati bo‘yicha balansning qoldig’i
|
|
|
-24
|
Rasmiy zahiralar (oltin,XFVdagi zahiralar)
|
+24
|
|
+24
|
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig’i deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq olib keladi (-75).
Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, to‘lov balansining ma’lumot beruvchi qoldig’i deb qaraladi. Chunki bu qoldiq bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldig’i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha, manfiy qoldig’i ( ya’ni joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishga va transfert to‘lovlarini moliyalashtirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to‘lov balansining musbat qoldig’iga ega mamlakat milliy jamg’armalarning bir qismini kapitalni ichki jamg’arishga yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Kapital harakati va moliya balansi qoldig’i joriy operatsiyalar balansi holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki real resurslar oqimini ko‘rsatadi.
Shuningdek joriy operatsiyalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chetda qoldirishlar» moddasiga to‘g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |