2023 yil. Farg’ona politexnika instituti fakulteti guruh talabasi


yil I chorak uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, joriy operasiyalar hisobi va tashqi qarzi


Download 287.79 Kb.
bet6/8
Sana09.05.2023
Hajmi287.79 Kb.
#1447964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TO‘LOV BALANSI VA UNI TARTIBGA SOLISH

2.1 2022 yil I chorak uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, joriy operasiyalar hisobi va tashqi qarzi
2022 yilning I choragi bo‘yicha joriy operatsiyalar hisobining saldosi manfiy bo‘lib, 843,7 mln. dollarni tashkil qildi (2021 yilning I choragida 2,1 mlrd. doll.). Joriy operatsiyalar tarkibida jami savdo aylanmasi (tovarlar va xizmatlar) 13,7 mlrd. dollarni, birlamchi va ikkilamchi daromadlar esa 2,6 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Bunda xizmatlar eksporti, rezidentlarning daromadlari xamda migrantlarning transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sgan bo‘lsada, tovarlar importining ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi, joriy operatsiyalar hisobining saldosi defitsit bilan shakllanishiga sabab bo‘ldi
2.1-diagramma. Joriy operasiyalar hisobining komponentlar bo‘yicha savdosi
JORIY DAROMADLAR VA XARAJATLAR STRUKTURASI

Ko‘rsatkichlar

2020

2021

2021

2022

O‘zgarish (2021 yil I choragiga nisbatan)

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

I chorak

Joriy daromadlar

21 762,6

25 766,6

3 935,1

6 781,9

6 029,9

9 019,6

7 703,2

95,8%

Eksport

14 531,7

16 399,4

2 372,2

4 588,9

3 198,7

6 239,6

5 770,6

2 barobar

Tovarlar

12 832,2

14 142,3

1 947,7

4 025,3

2 536,1

5 633,1

5 199,3

3 barobar

Oltinsiz

6 974,8

9 878,5

1 924,1

2 605,3

2 490,80

2 858,2

2 188,8

13,8%

Xizmatlar

1 699,5

2 257,1

424,5

563,6

662,6

606,5

571,3

34,6%

Hisoblangan birlamchi daromadlar

1 583,0

2 377,9

314,5

727,3

649,8

686,2

749,7

2 barobar

Hisoblangan ikkilamchi daromadlar

5 647,9

6 989,3

1 248,4

1 465,8

2 181,3

2 093,8

1 182,8

-5,3%

Joriy xarajatlar

24 770,0

30 591,5

6 055,0

7 963,3

7 890,1

8 683,0

8 546,9

41,2%

Import

22 559,6

27 773,8

5 583,3

7 154,0

7 199,0

7 837,5

7 898,7

41,5%

Tovarlar

19 048,3

23 046,4

4 738,3

5 959,0

5 894,8

6 454,3

6 598,3

39,3%

Xizmatlar

3 511,3

4 727,4

845,0

1 195,0

1 304,2

1 383,1

1 300,4

53,9%

Hisoblangan birlamchi daromadlar

1 774,6

2 187,8

364,3

641,2

537,0

645,3

452,5

24,2%

Hisoblangan ikkilamchi daromadlar

435,8

629,9

107,5

168,1

154,0

200,3

195,6

82,0%

Joriy hisob saldosi

-3 007,4

-4 824,9

-2 119,9

-1 181,4

-1 860,2

336,6

-843,7

-60,2%

Shunday qilib, 2022 yilning I choragida, savdo balansi (xalqaro xizmatlarni hisobga olgan holda) manfiy saldosi, TBQ6 metodologiyasiga muvofiq, 2,1 mlrd. dollarni, birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi esa 1,3 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Tovarlar
2022 yilning I choragida tashqi savdo aylanmasi (nomonetar oltin va tuzatishlarni hisobga olgan holda ) 11,8 mlrd. dollarni tashkil etdi (2021 yilning
I choragida 6,7 mlrd. doll.). Bunda, eksport va import hajmlari mos ravishda 5,2 mlrd. va 6,6 mlrd. dollarga teng bo‘lib, savdo balansining defitsiti 1,4 mlrd. dollarni tashkil etdi.
2022 yilning I choragida tovarlar eksporti (nomonetar oltin eksporti va tuzatishlarni hisobga olmagan holda) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz yoki 264,7 mln. dollarga o‘sdi (2021 yilning I choragida 23 foiz yoki 358,0 mln. dollarga o‘sgan). To‘qimachilik mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga yoki 85,6 mln. dollarga o‘sib, 806 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda, to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida paxta ip kalavasi 416 mln. dollarga, trikotaj buyumlari esa 100 mln. dollarga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, tabiiy gaz eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 83 foizga yoki 34,7 mln. dollarga o‘sib, 76,3 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda, tabiiy gaz eksportining 82 foizi Xitoyga, 15 foizi Tojikistonga va 3 foizi Qirg‘izistonga to‘g‘ri keldi (1.2-diagramma).
2.2-diagramma. Tovarlar eksporti komponentlari
2022 yilning I choragi davomida asosiy savdo hamkorlar bilan tovarlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 foizga o‘sishi kuzatildi. Xususan, Koreya Respublikasi 72 foizga, Xitoy 60 foizga, Germaniya 50 foizga, Rossiya 32 foizga, Qozog‘iston 21 foizga va Turkiya 10 foiz o‘sgan. (7-diagramma).
Asosiy hamkor mamlakatlarning jami importdagi ulushi 73 foizni tashkil qilib, bunda Xitoy 25 foiz, Rossiya 19 foiz, Qozog‘iston 11 foiz, Koreya Respublikasi 9 foiz, Turkiya 6 foiz va Germaniya 3 foizdan tashkil qildi. (2021 yilning I choragida ham mazkur mamlakatlarning jami importdagi ulushi 71 foizni tashkil qilib, ularning har biri mos ravishda 21 foiz, 20 foiz, 13 foiz, 7 foiz, 7 foiz va 2 foizga teng bo‘lgan).
Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlarining importdagi ulushi 23 foizdan 19 foizga kamaygan bo‘lib, mazkur o‘zgarish import hajmida asosiy savdo hamkorlari ulushining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Download 287.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling