I.BOB. TO‘LOV BALANSINING MOHIYATI, TARKIBI, MUVOZANATINING TAMINLASH MASALALARI
1.1 To‘lov balansining mohiyati va tarkibi
To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq-lo‘nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan, tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to‘lov balansida o‘z aksini topadi. Har qanday tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. Shuning uchun ham to‘lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chiqariladigan barcha to‘lovlar ko‘rsatilgan hujjatdir deb qarash mumkin. Tushum faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to‘lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan bog’liq bo‘ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni, u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyuta bo‘lishi mumkin.
Mamlakat to‘lov balansining taxminiy ko‘rinishi (raqamlar shartli)
Moddalar nomi
|
Kredit (+) yoki
eksportdan tushumlar
|
Debet (-) yoki import uchun xarajatlar
|
Sof kredit yoki sof debet
|
Joriy operatsiyalar hisobi
|
|
|
|
Tovarlar
|
+185
|
-260
|
-75
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |