203-guruh talabasi ning Menejment, marketing fanidan kurs ishi mavzu: Boshqaruv strukturasi va uni qayta tashkil qilish usullari. Tayyorladi: Tekshirdi: Shokirova


Tashkiliy struktura haqida tushuncha va uning turlari


Download 50.55 Kb.
bet2/9
Sana19.11.2023
Hajmi50.55 Kb.
#1787040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203-guruh talabasi ning Menejment, marketing fanidan kurs ishi m-fayllar.org

Tashkiliy struktura haqida tushuncha va uning turlari.


"Struktura" –lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’lik, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi1.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda “boshqaruv apparati strukturasi”deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. SHu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tu­ziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
SHunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob’ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni hosil kiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.2
Boshqarish bo’g’ini— bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma,korxona,tsex,uchastka.
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.
munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tizimini tashkil kiladi.
Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo’lishi mumkin. CHunonchi:
• butun milliy iqtisodiyotni (tarmoklarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
• har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
• korxonalar ichidagi bo’limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish.
O’z navbatida, butun milliy iqtisodiyotni boshqarish ham uni “tar­moq”, “birlashma” va “korxona” darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi.

Download 50.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling